16:03 JAMILA G`OFUROVA GONORARIGA BITTA SPARK’NING PULI VA NEXIA OLGANI HAQIDA GAPIRIB BERDI | |
Aktrisa Jamila G`ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat davomida aktrisa filmlarda qanchaga suratga tushishi, hattoki gonorarining puliga Spark avtomoshinasi berganligi, unga film prodyuseri Nexia avtomashinasini sovg`a qilganligi haqida to`xtalib o`tdi. “Avvallari eng ko`p gonorar oladigan aktrisa men bo`lganman. Filmlarda rol ijro qilishim uchun bitta mashinaning pulini olganman, bugungi kunga hisoblaydigan bo`lsak, o`sha pulga bitta Spark avtomashinasini sotib olish mumkin edi. U filmning nomini ham aytishim mumkin, film «Uzuk» deb nomlangan edi. «Faryod» filmidan juda katta gonorar olganman. «Faryod» filmi yaxshi chiqqani uchun film prodyuserlari, oilaviy kelishgan holda menga Nexia mashinasini sovg`a qilgan edi. O`sha Nexia mening birinchi mashinam bo`lgan edi”,— deydi Jamila G`ofurova. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |