10:09 Italiyalik fuqaro samolyotda semiz hamroh bilan yonma-yon o`tirgani uchun aviakompaniyani sudga berdi | |
Italiyalik fuqaro Emirates aviakompaniyasini sudga berdi. Bunga sabab qilib esa uni samolyotda ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan yo`lovchi bilan yonma-yon o`tirganini ko`rsatmoqda, deb yozadi “Vesti”. Italiyalik Jorjio Destroning aytishicha, semiz hamroh tufayli uning Keyptaundan Dubayga parvozi yoqimsiz kechgan. Destro 9 soat mobaynida o`tish yo`lakchasida tik oyoqda turgan, bortkuzatuvchilarining joyi bo`sh paytida u erga o`tirgan. Oxir-oqibat parvoz so`ngida vaziyatga taslim bo`ldi va semiz hamrohi yarmini egallagan joyiga o`tirdi. U qanday shart-sharoitlarda uchganini isbotlash uchun selfiga ham tushdi. Italiyalik fuqaro aviakompaniyadan 2759 evro miqdorida kompensasiya talab qilmoqda. Holat bo`yicha sud ishi 20 oktyabrga belgilangan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |