15:56
Ishlayotgan kasbingiz o'zingizga mosmi? (Psixologik test)
1. Hozirgi ish joyingizda qachondan beri ishlaysiz?

a) bir yildan ortiq -1 ball

b) uch yildan ortiq -2 ball

v) o‘n yildan ortiq -2 ball

g) bir necha oy -1 ball

2. Kasbiy faoliyatingizni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun o‘qish zarur deb hisoblaysizmi?

a) hozirgi holatdan qoniqaman -0 ball

b) mansabsiz yashay olmayman -2 ball

v) albatta,bundan manfaat bor -1 ball

g) inson har doim nimadir o‘rgana oladi-4 ball

d) agar buning foydasi bo‘lsagina- 3 ball

3. Kasbingiz imkoniyatlariga nisbatan yetarli darajada maosh olayapsizmi?

a) ha, ammo qancha to‘lashsa ham, baribir kam – 2 ball

b) yo‘q, ammo solishtirish qiyin- 0 ball

v) men sarflayotgan kuchga nisbatan juda kam -1ball

g) maosh kam, lekin sevimli kasbimni saqlab qolish uchun yetarli- 3 ball

d) to‘lanayotgan maoshga yarasha ishlayman-1 ball

4. Odatda ishga qanday kayfiyat bilan borasiz?

a) qon bosimi ortgan, tomir urishi tezlashgan, qaltiragan holda- 0 ball

b) yaxshi kayfiyatda- 4 ball

v) nafaqaga qancha qolganini fikran hisoblab boraman- 1ball

g) nimaga qodirligimni ularga ko‘rsataman, degan kayfiyatda-2 ball

d) nima bo‘lsa ham ishda uydagidan yaxshiroq-1 ball

5. Ishdagi muammolarni yaqinlaringiz bilan muhokama qilasizmi?

a) boshlig‘ingiz haqida latifalar aytasiz- 2 ball

b) faqat foydasi bor gaplarni gapirasiz-1 ball

v) bu mavzudan qochasiz-2 ball

g) ba’zan urinib ko‘rasiz, ammo bunday suhbatlar siz uchun qiziq emas- 1 ball

6. Ta’til vaqtida dengiz bo‘yida dam olayotib ish haqida o‘ylayotganingizni sezib qoldingiz …

a) bo‘lishi mumkin emas-3 ball

b) hamkasblaringiz hozir ter to‘kib ishlayotganini tasavvur qilib kulib qo‘yasiz- 2 ball

v) ta’til tezroq tugashini xohlaysiz- 1 ball

g) ish haqida ijobiy xotirlaysiz, hatto hamkasblaringizga internetdan maktub jo‘natasiz- 3ball

d) ta’til ancha uzoq davom etishidan quvonasiz- 1 ball

7. Shu kasb bilan shug‘ullanishingizni tasavvur qilganmisiz?

a) bunday yaxshi bo‘lishini hatto orzu ham qilmagandim-5 ball

b) bu soha haqida aniq, tasavvurga ega edim, bu joyga intilardim va hozir hammasi yaxshi-3 ball

v) biroz ko‘nglim qolganini sezaman- 2 ball

g) qaerdadir ishlash kerak-ku…-1 ball

8. Farzandlaringiz sizning kasbingizni tanlashiga rozi bo‘larmidingiz?

a) agar bunga qiziqsalar va o‘zlari tanlasalar -5 ball

b) ha, faqat sizdan ko‘ra yuqoriroq malakani egallashsa- 4ball

v) bu yo‘ldan qaytarishga urinasiz. Bir oiladan bitta qurbon yetarli-1ball

g) sizga baribir, lekin ular nimadan boshlashni bilmayotganiga aminsiz-2 ball

d) shunday bo‘lishiga ich-ichdan umid qilasiz-1 ball

9. Bolalikda kim bo‘lishni orzu qilgansiz?

a) yangi sayyoraga birinchi qadam bosgan fazogir bo‘lishni- 2ball

b) omma olqishlagani uchun mashhur artist bo‘lishni- 2ball

v)hamma o‘quvchilarga a’lo baho qo‘yish uchun o‘qituvchi bo‘lishni-2 ball

g) moda ko‘rsatuvchi bo‘lishni, chunki bu chiroyli-3 ball

d) stetoskop va oq xalat uchun shifokor bo‘lishni-2 ball

10. Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling: ko‘rishni orzu qilgan kishi bilan hal qiluvchi uchrashuvingiz bor. Ishda yana bir necha soat qolishingizga to‘g‘ri keldi.Sizning munosabatingiz?

a) afsuski. bugun bandligingizni unga xabar qilasiz- 7ball

b) duch kelgan kishi bilan janjallashasiz va tinchgina uchrashuvga ketasiz- 5 ball

v) uzoq ikkilanishdan so‘ng uchrashuvni qoldirasiz va ish qila olmaydigan darajada ruhiy charchoqlik sezasiz -1 ball

g) uchrashuvni qoldirasiz — ish eng muhim narsa, kim men bilan bo‘lishni xohlasa, bunga ko‘nikishi kerak-2 ball

d) ishdan eng oddiy yolg‘on to‘qib qochasiz ( masalan, uzoq qarindoshim kasal bo‘ldi, deb). Agar uchrashuvga ulgurmasangiz «six xam kuymasin, kabob ham» degan aqidaga amal qilasiz, ishni tugatish uchun tez ishlaysiz, uchrashuv joyiga kelib esa u yerda hech kim yo‘qligini ko‘rasiz- 1ball

38-27 ball. Siz har qanday vaziyatdan chiqib keta olasiz. uyda ham, ishda ham. Yaxshi sifatlaringizni sezmaysiz va komillikka intilishdan charchamaysiz. Har qanday ishda o‘zingizni yaxshi sezasiz, shuning uchun birinchi to‘g‘ri kelganiga rozi bo‘lmang.Nima ish qilmang, hammasi sizga huzur bag‘ishlaydi.

26-22 ball. CIZ YaXShI Ishlaysiz, lekin baribir nimadir yetishmaydi. Balki, kasbiy imkoniyatlaringiz qilayotgan ishingizdan kattaroqdir. O’zingizni yaxshi his qilishingiz uchun, kichik bo‘lsa ham, sezilarli muvaffaqiyat kerak. Ehtimol, sizning qoniqmasligingiz shaxsiy muammolar natijasi yoki hamkasblar bilan muloqotga kirisha olmaslikdadir. O’ylab ko‘ring, balki, ishdan huzur olish uchyn bir qarashda mayda, biroq, siz uchun muhim aqidalarni tuzatish kerakdir.

22 balldan kam. Siz ishda qiziqishsiz ishlaydigan va o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmagan jabrdiydasiz. Sabablar ko‘p, ammo o‘zingizga ishonchni yo‘qotmagan bo‘lsangiz, yaxshisi keting. O’ylab ko‘rgandan keyin zerikarli hayotga sabab bo‘luvchi ishdan ketishga qaror qilarsiz.
Категория: Qiziqarli psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar | Просмотров: 2043 | Добавил: Admin | Теги: Ishlayotgan kasbingiz o'zingizga mo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar