21:17
IRI-SIRIMLARGA IShONASIZMI?
Ma`lum qarorni qabul qilishimizda turli xil omillar ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Atrofdagilarning fikri, vaziyat, sharoit va yana turli xil irim-sirimlar... Munajjimlar bashoratiga ishonib, belgilangan ishni to`xtatib qo`yamiz... Erga tushib ketib sinadigan ko`zmunchoqdan panoh izlaymiz... Bu hatti-harakatlarning zamirida nimalar yotibdi? Bilishni istaysizmi? Sizga havola etilayotgan testni ishlab ko`rib, aniqlash imkoningiz mavjud. Savollarga javob berar ekansiz, qalam bilan tanlagan harflaringizni yozib borishni unutmang!

1. Quyidagi ertak qahramonlardan qay birining fe`l-atvori siznikiga o`xshash deb hisoblaysiz?

A) Malika Budur

cool Zumrad

V) Qor malikasi

2. Aniq dalil-isboti bo`lmagan gap-so`zlarga ishonasizmi?

A) Odamlar o`z-o`zidan biror gap gapirmaydi! Nimanidir biladiki, so`zlaydi!

cool Suhbatdoshning kimligi va vaziyatning qandayligiga qarab, xulosa chiqaraman!

V) Yo`q, faqatgina ko`z bilan ko`rib, qo`lim bilan ushlamagunimgacha ishonmayman.

3. Aytaylik, muhim uchrashuvga shoshib ketyapsiz. Yo`lingizdan mushuk o`tib ketdi, shunda siz...

A) Kayfiyatim buziladi, endi kun bo`yi barcha ishlarim chappasiga ketadigan bo`ldi.

cool Har ehtimolga qarshi etti qadam orqaga yurib (xuddi biror narsasini yo`qotgan kishiga o`xshab), yana yo`limda davom etaman.

V) E`tibor ham bermayman!

4. O`zingizni omadli inson deb o`ylaysizmi?

A) «Omadliman» deb aytolmayman, ammo omadni cho`chitib yubormaslik uchun qo`limdan kelgan barcha ishni qilaman!

cool Hayot bir tekisda ketmaydi. Goh omad kulib boqsa, goh beshafqatlik qiladi.

V) Omad mavhum tushuncha. Barchasi sa`y harakatlaringizga bog`liq!

5. Sizning omad kalitingiz nimada?

A) Ma`lum bir rangdagi libosni kiysam, ishlarim yaxshi kechishiga e`tibor berganman. Muhim sanalarda aynan o`sha rangdagi ko`ylakni kiyaman.

cool Ko`pchilik kabi etti raqami omad keltirishiga ishonaman.

V) Bilimim va tirishqoqligimda!

6. Qandaydir uslubdagi libos urf bo`ldi, deylik. Uni aksariyat insonlar kiyishni ma`qul ko`rdi. Siz ham ular kabi yo`l tutasizmi?

A) Ko`pchilik tanlabdimi, demak, yaxshi narsa bo`ladi-da!

cool Uslubim va didimga mos kelsa, nega endi kiymasligim kerak?

V) Inson boshqalarga qarab yashamasligi lozim!

7. Hayotingizda yangi bir hodisa ro`y berish arafasida. Masalan, yangi ishga kirdingiz... Ilk harakatingiz qanday bo`ladi?

A) Ish joyim yoki uyimga «nazar» dan himoyalaydigan katta ko`zmunchoq sotib olaman.

cool Hamkasblarga yoqish uchun, ularga taqlid qilaman.

V) O`z salohiyatimni ishga solaman.

Javoblarni hisoblaymiz!

«A» harfi ko`p bo`lsa...

Sizni «ashaddiy irimchi» deb bemalol atash mumkin! Hayotingizda biror omadsizlik ro`y bersa, aybdorni avvalo atrofdan qidira boshlaysiz. Qora mushuk, noto`g`ri tanlangan libos, xullas, «gunohkor»lar ro`yxatida barcha bo`ladi, ammo faqat siz emas! Hayot sizniki, unga ola mushukning aslo dahli yo`q! O`zingizga bo`lgan ishonchni oshiring! O`z ustingizda ishlang!

«B» harfi ko`p bo`lsa...

Siz «na issiq, na sovuqqa ko`nadigan»lar toifasiga kirasiz. O`z fikringizda sobit turolmaysiz, uni himoya qilishga o`zingizda kuch topolmaysiz. Shu sababli oqim bo`ylab «suzib» ketaverasiz, ya`ni irimlarga bo`ysunaverasiz. Ko`pchilik qilgan ish har doim ham to`g`ri bo`lavermaydi. Qaror qabul qilish ma`suliyatini o`zingizga oling.

«V» harfi ko`p bo`lsa...

Siz skeptik (g`ayritabiiy hodisalarga ishonmaydigan)lar toifasiga kirasiz. Barcha voqealarga real nazar bilan boqasiz. Irimlarni esa bolalikda eshitgan cho`pchaklarga qiyoslaysiz. Irimchilarning ustidan kulishni bas qiling. Har kim o`zi istagan haqiqatga ishonishga haqli.

Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 1490 | Добавил: Admin | Теги: IRI-SIRIMLARGA IShONASIZMI? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar