16:02
Internetdan foydalanishda qizlar va o’g’il bolalar orasidagi Tafovut aniqlandi
«Laboratorii Kasperskogo» kompaniyasi internetda rossiyalik bolalarning hatti-harakatini tahlil qilib, bolaning jinsiga ko’ra internetdagi faollik ko’rinishlari ancha farq qilishini aniqladi, deb yozadi “Kun” nashri.

Jumladan, o’g’il bolalarda o’yinlar ustuvorlik qiladi. Qizlar esa internetdan ko’proq o’qish uchun foydalanar ekanlar.

Qiziqarlisi, qizlar ko’proq o’zlarining asl ism-familiyalari va yoshlarini, o’g’il bolalar esa manzillarini oshkor qiladilar. Bundan tashqari, o’g’il bolalar qizlardan ko’ra ko’proq ota-onalaridan qanday internet-resurslarga kirishlarini yashiradilar va ota-onalar tomonidan o’rnatilgan nazorat dasturlarini chetlab o’tishga harakat qiladilar.

Internetda qiz va o’g’il bolalar film va videoroliklar tomosha qilish hamda ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish borasida bir xil qarashlarga egalar: internetda bunday vaqt o’tkazish ularning qiziqishlari orasida 2- va 3-o’rinni egallagan.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 772 | Добавил: Admin | Теги: Internetdan foydalanishda qizlar va | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar