15:51 IIB ogohlantirdi: sharlardan ehtiyot bo`ling! | |
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bayram kunlari aholini gaz aralashmasi bilan to`ldirilgan havo sharlaridan ehtiyot bo`lishga chaqirdi. “Gaz aralashmasi bilan to`ldirilgan havo sharlari juda xavflidir. Yonuvchi gazli sharlarning chaqnashi uchun birgina cho`g`ning o`zi etarli. Natijada, inson jiddiy tan jarohati olib, bayram fojiaga aylanishi mumkin”. Havoda uchadigan gaz aralashmasi bilan to`ldirilgan havo sharlarini xarid qilmaslik, noqonuniy savdo qilayotgan bunday “tadbirkor”lar ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o`rnatish barchamizning hayotimiz va sog`ligimiz uchun foydalidir. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |