16:30 Hilola Hamidovaga hamkasbi nega kun bermagan? | |
Uning o`zi uchun anglagan haqiqatlari ko`p. O`ta sabrli bo`lsa-da, pichoq suyakka borib qadalganida dosh berishi qiyin. Bir necha yillardan buyon samarali ijod qilib kelayotgan xonanda Hilola Hamidova bilan uchrashuv bahonasida o`zimizni qiziqtirgan ancha savollarga javob topdik — Asli ijodni «Maqomchilar ansambli»dan boshlagansiz-a? — Yo`q, ish faoliyatim mazkur ansamblda boshlangan. Ijodni esa milliy va zamonaviy estrada yo`nalishlarida kuylash bilan boshlaganman. — Ansamblda ko`p ishlamadingiz? — To`rt yil! Rostini aytsam, u erning muhiti menga to`g`ri kelmadi. Pichoq borib suyakka qadalgach, ketishim kerakligini tushundim. Yosh edim, ayrim hamkasblarimning munosabati sabab ansamblni tark etishga majbur bo`ldim. O`zimga qolsa-yu, hozirgacha ish faoliyatimni davom ettirayotgan bo`lardim. Har zamon ansamblga borib, O`zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovdan yo`l-yo`riq so`rab turaman. — Bundan chiqdi o`z xohishingiz bilan ketmagansiz, tazyiq o`tkazishgan? — Ha! Ayrimlar bilan kurashishni istamadim, u paytlari asosiy maqsad-muddaom ijod qilish bo`lgan, vaholanki arqonni uzun tashlab qo`ygandim. — Ustoz san`atkor Tavakkal Єodirovning «Shunchamu» qo`shig`ini kuylab chiqqaningizda hamkasblaringizdan biri sizga kun bermagan, deb eshitgandim?.. — Faqat shu ashulani deb emas, balki har bir ekrandagi chiqishim, hatto shaxsiy hayotimgacha salbiy munosabatlar bo`lgan. Qanday qo`shiq kuylamay, hamisha muhokama qilinardi. Har kuni o`zingizga nisbatan bosim qilinayotganini ko`rib, bilib yashash juda qiyin. — Ehtimol o`sha odam sizga hasad qilgandir? — Bir nima deyolmayman, bir menga emasdi uning bunday munosabati. Boshqalar indamay chidashlari mumkindir, ammo Navro`z bayrami tantanasida mening ovozim bilan ijro qilingan qo`shiqni kuylab chiqqanida, «yorildim». O`sha joyning o`zida «Etar bas» deya ansambldan ketishimni aytganman. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |