13:19
Hayotingizga o`zgarishlar kerakmi?
Gohida rejalashtirgan ishlarimiz biz istagandek amalga oshmasa, tushkunlikka tushib qolamiz. Agar bu hol bir necha marta takrorlansa, «nimanidir o`zgartirishim kerak» deya o`ylanamiz. Aslida, o`zgarishlar qilishning fursati etganini qachon anglab etamiz? O`zimizga seziladimi bu jarayon? O`zgarishlar bizga qanchalik kerak?

Quyidagi test savollariga javob berib, o`zingizni tekshirib ko`ring.

Hozirgi ish faoliyatingizdan mamnunmisiz?
Rejangiz siz istagandek bo`lmasa, asabiylashasiz?
O`zingizni – o`zingiz nazorat qilishingiz ko`pincha pand beradi.
Atrofingizdagilar qarshi bo`lishsa ham o`z fikringizda qolasizmi?
Xarakteringizdan kelib chiqib, o`zingizga ham yoqmagan biror odatingiz bormi?
Do`stlaringiz siz haqingizda hazil qilishlariga indamay qarab turolasizmi?
Oilangizdagi muammolarni oson hal qilolasizmi yoki buning aksimi?
Notanish davralarga oson qo`shilib ketasizmi?
Qomatingiz o`zingiz istagandekmi?
Shirinlik egingiz kelsa, avval uning kaloriyasini chamalab olasizmi?
Xayol surishni yoqtirasizmi?
Plastik jarroh yordamidan foydalanishni istarmidingiz? Aytaylik, tashqi ko`rinishingizga biror o`zgartirish kiritish uchun.
Sport zali yoki fitness mashg`ulotlariga qatnashasizmi?
Ko`zgu qarshisida o`z aksingizni tomosha qilishni yoqtirasizmi?
Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball

Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball

Ha -0 ball; Yo`q – 1 ball

ha -1 ball; Yo`q – 0 ball

Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

Ha – 1 ball; Yo`q- 0 ball

Ha- 1 ball; Yo`q -0 ball

Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

Ha – 0 ball; Yo`q-1 ball

Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball

Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball.

Natija:

To`plagan balingiz 0dan 4gacha bo`lsa: Hayotingizdani unchalik mamnun emasdeksiz. Biror nima o`zgartirmasam bo`lmaydi, deysizu, ammo o`sha sizga kerakli narsani topolmaysiz. O`zingizni tanqid qilavermang. Muammolar faqat sizda emas, boshqalarda ham bor. O`zgartirishni o`zingizdan boshlang. Nazoratni kamaytiring, hissiyotlaringizgi izn bering, yig`lang, kuling, istasangiz baqiring. Biroq barchasini ichga yutavermang.

To`plagan balingiz 5dan 9gacha bo`lsa: Vaqti-vaqti bilan qilayotgan ishingiz, hayotingizdan ko`nglingiz to`lmaydi. Ammo sizda iroda kuchli. Xohlasangiz, katta o`zgarishlar qilolasiz. Biroq ishni nimadan boshlash kerakligini avvaldan o`ylab oling.

To`plagan balingiz 10dan 14gacha bo`lsa: Hayotingizdan mamnunsiz. Bordiyu ishlaringiz reja asosida bo`lmasa ham tushkunlikka tushmay, hammasini qaytadan boshlolasiz. Chunki o`zingizga ishonchingiz kuchli. Agar biror nimani o`zgartirish kerak bo`lsa ham bu ish uchun hozir mavridi emas. Vaqti soati kelganida o`zingizga kerakligini istagingizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 788 | Добавил: Admin | Теги: Hayotingizga ozgarishlar kerakmi? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar