14:46
Har kuni iste`mol qilish kerak bo`lgan uch mahsulot
Amerikalik shifokorlar har bir inson har kuni albatta iste`mol qilishi darkor bo`lgan uchta mahsulot nomini aytishdi.

Olma
Har kuni iste`mol qilish zarur bo`lgan eng muhim mahsulotlardan birinchisi olmadir. U antioksidant xususiyatlarga ega tabiiy kimyoviy moddalarga juda ko`p. Bundan tashqari, u saratonning ba`zi bir turlari va yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda samarali.

Sabzi
Tibbiyot xodimlari so`zlariga ko`ra, sabzi moddalar almashinuvi tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, ichak faoliyatini faollashtiradi.

Grek yong`oqlari
Bu mahsulot qon bosimi va xolesterin miqdorini barqarorlashtiradi.

Parhezshunoslarning fikricha, yuqoridagi uch mahsulot organizm hujayralarini tabiiy tiklovchilar bo`lib, shuningdek ular ochlik hissini yo`qotadi, organizmni kerakli vitaminlar va antioksidantlar bilan ta`minlaydi. Bundan tashqari, sabzi va yong`oqlarni yilning istalgan davrida bemalol iste`mol qilish mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Просмотров: 942 | Добавил: Админ | Теги: Har kuni istemol qilish kerak bolga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar