09:02 Har kuni bajarish uchun 5 ta oddiy mashq | |
“Amerika futbolining otasi” hisoblanuvchi Uolter Kemp tavsiya qilgan mashqlar to‘plami bor-yo‘g‘i 8 daqiqa vaqtni oladi, tanani chiniqtirishga, chaqqonlikni oshirishga va sog‘lom bo‘lishga yordam beradi. 1-mashq. Qo‘llar bilan aylana chizish Yelka, orqa va ko‘krak mushaklarini rivojlantiradi, gavdani yaxshilaydi. To‘g‘ri turing, qo‘llarni to‘g‘rilab ikki tomonga yelkalar balandligida ko‘taring, kaftlarni yuqoriga qarating. Shoshilmasdan qo‘llaringiz bilan diametri taxminan 15 sm bo‘lgan aylana chizing. Harakat asosan yelkadan boshlanadi. Oldinga besh aylana va orqaga besh aylana chizing. 2-mashq. Qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib egilish Qorin mushaklarini cho‘zadi, orqani mustahkamlaydi, gavda holatini yaxshilaydi. To‘g‘ri turing, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘ying. Nafas chiqaring va oldinga qarab gavdani 45 darajagacha engashtiring, bo‘yin orqa bilan bir chiziqda bo‘lsin. Nafas olish bilan to‘g‘rilaning, boshingizni ko‘taring. Qorin mushaklarining cho‘zilganini his qilish uchun biroz orqaga egiling. Nigohingizni shipga qarating. To‘g‘rilaning. 10 marta takrorlang. 3-mashq. Qo‘llarni ko‘tarish Yelkalar kuchini oshiradi, oyoq kaftlarini mustahkamlaydi. To‘g‘ri turing, qo‘llarni to‘g‘rilab ikki tomonga yelkalar balandligida ko‘taring, kaftlarni pastga qarating. Nafas olish bilan oyoq uchlarida ko‘tariling, qo‘llarni 45 darajali burchak ostida yuqoriga ko‘taring. Nafas chiqarish bilan dastlabki holatga qayting. 10 marta qaytaring. 4-mashq. Tomonlarga chuqur egilish Yelka va bel mushaklarini rivojlantiradi, jigar va ichaklar faoliyatini yaxshilaydi. To‘g‘ri turing, qo‘llarni to‘g‘rilab ikki tomonga yelkalar balandligida ko‘taring, kaftlarni pastga qarating — bu dastlabki holat. Chap qo‘lingizni yuqoriga ko‘taring, o‘ng qo‘lni pastga tushiring. Beldan o‘ng tomonga qarab egilishni boshlang, o‘ng qo‘l oyoqlar bo‘ylab tizzagacha, chap qo‘l esa bosh atrofida aylanadi. Asta-sekinlik bilan to‘g‘rilaning, dastlabki holatga qayting. Xuddi shu tarzda boshqa tomonga ham egilishni amalga oshiring. 10 marta takrorlang. 5-mashq. Qayrilish Ko‘krak qafasini ko‘taradi va kengaytiradi. Qorin mushaklarini cho‘zadi. To‘g‘ri turing, nafas olish bilan qo‘llarni tirsakdan buking, mushtlarni qo‘ltiq ostiga qo‘ying. Nafas olishda davom etib, yelkalarni orqaga qiling, ko‘krak qafasini kengaytirgan holda biroz egiling, boshni yuqoriga ko‘taring, shipga qarang. Nafas chiqarish bilan qo‘llarni oldinga qiling, keyin ikki tomonga yoying. Nafasni ushlagan holda yerga parallel holatda oldinga egiling, qo‘llarni orqaga qiling. To‘g‘rilaning va qo‘llarni oldinga o‘tkazing, keyin esa yon tomonlarga yoying. 10 marta takrorlang. Manba: Trendymen | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |