00:33 Har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasi o`rnatiladi | |
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Germaniyadan keltirilgan 1,95 mln.evrolik original ehtiyot qismlar jamiyatning “Toshavtota`mirxizmat” UK tomonidan qabul qilib olingani va ushbu ehtiyot qismlarni uzoq muddatdan buyon to`xtab turgan avtobuslarga qo`yib, yo`nalishlarda harakat muntazamligini ko`tarish bo`yicha korxona rahbarlariga va mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Bundan tashqari har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining to`g`ridan-to`g`ri tushishini oldini oladigan hamda ko`rinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) o`rnatish, kunning jazirama kunlarida yo`lovchilarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasini o`rnatish bo`yicha avtokorxona rahbarlari mutasaddi xodimlarga vazifalar berdi. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Xolmatov tomonidan yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda shahar yo`lovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan o`zgartirish, sohani rivojlantirish bo`yicha har bir xodim fidoyilik, halollik va sadoqat bilan mehnat qilishi lozimligini ta`kidladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |