17:17
Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti o`tkazilmaydi
Rossiya Federasiyasi Xalq artisti Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti o`tkazilmaydigan bo`ldi. Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xabar qilmoqda.

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi “Master Show” MChJ tomonidan poytaxtimizning “Istiqlol” san`at saroyida o`tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya Federasiyasi Xalq artisti Grigoriy Lepsning yakkaxon konsert dasturi joriy yilning 26 mart kuni o`tkazilmasligini ma`lum qiladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, chiptalarni qaytarish va boshqa ma`lumotlar yuzasidan “Master Show” MChJning 200-76-67 yoki (97) 753-40-04 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilish tavsiya etiladi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Просмотров: 673 | Добавил: Админ | Теги: Grigoriy Lepsning Toshkentdagi kons | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar