13:32
​Go`zallik borasidagi 8 uydirma
1. Agar bosh muntazam massaj qilinsa, soch to`kilmaydi. Tasdiqlanmagan fakt. Ammo boshni uqalash stress holatida yaxshi foyda beradi. Stress esa soch to`kilishining asosiy sababchilaridan biri.

2. Tabiiy kosmetik vositalar allergiya chaqirmaydi. Yolg`on, agar teri ta`sirchan bo`lsa, istalagan kosmetik vosita allergiyaga sabab bo`lishi mumkin.

3. Tuzli vannalar terini quritadi. Aslida teskarisi. Tuzli vanna qabul qilgach, teri mayinlashadi va xushbo`y hid taratadi. Faqat tuzni qaynoq suvda eritish lozim.

4. Soch bo`yog`i qancha ko`p ushlansa, sochlar rangi shuncha to`q bo`ladi. Soch bo`yash jarayonida kimyoviy reaksiya yuz beradi. Vaqtni cho`zish natijasida sochlar rangi so`nib, jilosiz bo`lib qoladi.

5. Makaron va kartoshka qomatimiz dushmani. Aslo bundaymas. Kartoshkaning kaloriyasi olmanikiga qaraganda ancha kam. Makaron ham semirtiruvchi mahsulotlar sirasiga kirmaydi. Faqat yog` bilan iste`mol qilmasangiz, bas.

6. Muntazam gazli suv ichish, sellilyutni keltirib chiqaradi. Karbonat angirdid gazining apelsin teriga umuman aloqasi yo`qligi aniqlangan.

7. Yuz uchun tonik shart emas?! Aksincha shart! Tonik yuz terisini zararli ta`sirlardan tozalaydi.

8. Husnbuzarlar quyoshdan qo`rqadi. Haqiqat! Ultrabinafsha nurlari terini quritadi. Shu sababdan kosmetologlar yuziga husnbuzarlar ko`p tashuvchilarga quyoshli vanna buyurishadi. Ammo yuzning qorayib, qurib ketishini unutmang.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 817 | Добавил: G‘anisher | Теги: ​Gozallik borasidagi 8 uydirma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar