15:12 Go'zal bo'lish uchun 8 ta maslahat | |
1-maslahat. Har kuni och qoringa 1 osh qoshiq zig`ir urug`ini yaxshilab chaynab, iliq suv bilan yuting. Bu nima beradi? Zig`ir urug`i organizmni tozalab, teri rangini ochadi, tirnoq va sochlar mustahkamlanadi. Oz miqdorda vazn ham tashlaysiz. 2-maslahat. Har kuni qaynatilgan lavlagidan nonushtaga yoki kechki ovqatga salat eng. Bu nima beradi? Lavlagi qonni tozalovchi eng yaxshi vosita. Toza qon esa go`zal tashqi ko`rinish garovidir. 3-maslahat. Har kuni uxlashingizdan oldin yuzingizga gliserin va vitamin E dan qorishma tayyorlang. Uni tayyorlash oson. 30 gramm gliseringa 10 dona vitamin Eni igna bilan teshib soling. Qorishmani yuzingizga surishdan oldin, yuz terisini yaxshilab tozalang. Gliserin yuzga singib ketmagunicha yopishchoq bo`lib turadi. Bu nima beradi? Yuzingizdagi ajinlar tekislanadi, teringiz rangi esa tiniqlashadi. 4-maslahat. Har kuni 50 gr. o`zingizga yoqqan yong`oqdan eng. Bu nima beradi? Soch to`kilishi va tirnoqlar mo`rtlashuviga qarshi bu vosita 2 hafta o`tib, o`z samarasini ko`rsatadi. 5-maslahat. Uxlashdan oldin oyoqlaringizga bir nechta tomchi yalpiz yog`i tomizilgan vazelin surtib, ustidan tabiiy paxta tolasidan to`qilgan matoli paypoq kiyib yoting. Bu nima beradi? Bir oy o`tib, oyoq va tovoningizning go`daknikidek silliq bo`lib qoladi. 6-maslahat. Tushdan qolgan bo`sh tyubikni o`z chyotkasi yordamida yaxshilab yuving va quriting. Idishga bug`doy kurtagi yog`idan tomizing. Kipriklarni mustahkamlab o`stiruvchi uy sharoitidagi vosita tayyor. Uni uxlashdan oldin kipriklarga surting. Bu nima beradi? Kipriklaringiz qalinlashib o`sadi. 7-maslahat. Bir stakan dengiz tuzini, bir stakan yog`li smetana bilan aralashtiring. Cho`milib bo`lgandan so`ng, qo`lga qo`lqop mochalkani kiyib, qorishmani butun tanamizga surtamiz, so`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz. Qolgan qorishmani muzlatgichda saqlashingiz mumkin. Bu nima beradi? Tuz terini tozalaydi, mayda toshmalar bo`lsa, ulardan halos etadi. Smetana esa tuz terini tirnab yubormasligi uchun uni yumshatadi va xujayralarni oziqlantiradi. 8-maslahat. Sochni yuvib bo`lgandan so`ng uni chayish uchun maxsus vosita tayyorlang. 1 litr qaynatib sovutilgan suvga 5 tomchi yalpiz moyidan tomizing va sochni shu suvda chaying. Bu nima beradi? Bosh og`rig`idan xalos bo`lasiz, sochlar to`kilishi va yog`lanishi kamayadi. Qazg`oqni xam bartaraf qiladi. 1-maslahat. Har kuni och qoringa 1 osh qoshiq zig`ir urug`ini yaxshilab chaynab, iliq suv bilan yuting. Bu nima beradi? Zig`ir urug`i organizmni tozalab, teri rangini ochadi, tirnoq va sochlar mustahkamlanadi. Oz miqdorda vazn ham tashlaysiz. 2-maslahat. Har kuni qaynatilgan lavlagidan nonushtaga yoki kechki ovqatga salat eng. Bu nima beradi? Lavlagi qonni tozalovchi eng yaxshi vosita. Toza qon esa go`zal tashqi ko`rinish garovidir. 3-maslahat. Har kuni uxlashingizdan oldin yuzingizga gliserin va vitamin E dan qorishma tayyorlang. Uni tayyorlash oson. 30 gramm gliseringa 10 dona vitamin Eni igna bilan teshib soling. Qorishmani yuzingizga surishdan oldin, yuz terisini yaxshilab tozalang. Gliserin yuzga singib ketmagunicha yopishchoq bo`lib turadi. Bu nima beradi? Yuzingizdagi ajinlar tekislanadi, teringiz rangi esa tiniqlashadi. 4-maslahat. Har kuni 50 gr. o`zingizga yoqqan yong`oqdan eng. Bu nima beradi? Soch to`kilishi va tirnoqlar mo`rtlashuviga qarshi bu vosita 2 hafta o`tib, o`z samarasini ko`rsatadi. 5-maslahat. Uxlashdan oldin oyoqlaringizga bir nechta tomchi yalpiz yog`i tomizilgan vazelin surtib, ustidan tabiiy paxta tolasidan to`qilgan matoli paypoq kiyib yoting. Bu nima beradi? Bir oy o`tib, oyoq va tovoningizning go`daknikidek silliq bo`lib qoladi. 6-maslahat. Tushdan qolgan bo`sh tyubikni o`z chyotkasi yordamida yaxshilab yuving va quriting. Idishga bug`doy kurtagi yog`idan tomizing. Kipriklarni mustahkamlab o`stiruvchi uy sharoitidagi vosita tayyor. Uni uxlashdan oldin kipriklarga surting. Bu nima beradi? Kipriklaringiz qalinlashib o`sadi. 7-maslahat. Bir stakan dengiz tuzini, bir stakan yog`li smetana bilan aralashtiring. Cho`milib bo`lgandan so`ng, qo`lga qo`lqop mochalkani kiyib, qorishmani butun tanamizga surtamiz, so`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz. Qolgan qorishmani muzlatgichda saqlashingiz mumkin. Bu nima beradi? Tuz terini tozalaydi, mayda toshmalar bo`lsa, ulardan halos etadi. Smetana esa tuz terini tirnab yubormasligi uchun uni yumshatadi va xujayralarni oziqlantiradi. 8-maslahat. Sochni yuvib bo`lgandan so`ng uni chayish uchun maxsus vosita tayyorlang. 1 litr qaynatib sovutilgan suvga 5 tomchi yalpiz moyidan tomizing va sochni shu suvda chaying. Bu nima beradi? Bosh og`rig`idan xalos bo`lasiz, sochlar to`kilishi va yog`lanishi kamayadi. Qazg`oqni xam bartaraf qiladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |