22:18 Go'zal bo'lish sirlari sizlar uchun | |
Har bir zamonda ayollar go'zalligi turlicha namoyon bo'lar edi. Agar Rubens davrida ayol semizligi bilan go'zal bo'lgan bo'lsa, o'rta asr zamonlarida ko'krak kichik bo'lishi chiroyli hisoblanar edi. Lekin baribir go'zallik asoslari doim o'zgarmay kelgan. Demak, go'zallik asoslari: 1. Ayolning yurishi chiroyli bo'lishi kerak. Har bir ayolni qaddi-qomati kelishganligi, qadamlari yengil va beg'uborligi bilan erkakdan ajralib turishi lozim. Yoga va fitnes bilan shug'ullanish ayol qaddining go'zalligini ochib berishga yordam beradi. 2. Yuz va badan terisi sog' va parvarishlangan bo'lishi lozim. Buning uchun haftada bir marta maxsus o'tli damlanmalardan, yoki dengiz tuzidan qo'shgan holda vanna qabul qilishni unutmang. Yuzingizga vaqti-vaqti bilan muntazam ravishda niqoblar qiling. 3. Ayol ko'zlari uning eng katta boyligidir. Ko'zlari tiniq, charchamagan va parvarishlangan bo'lishi lozim. Buning uchun uyquga to'yib, ko'zga vitaminli tamponlardan qo'yib, o'tli damlanmalardan ko'zni chayib turish lozim. 4. To'g'ri ovqatlaning. Foydali ovqatlanish go'zallik garovidir. Yog'li, sho'r, shirin yeguliklardan bosh torting. Ko'proq meva va sabzavotlardan iste'mol qiling. | |
|
Всего комментариев: 0 | |