10:51 Garovsiz kreditni qanday olsam bo`ladi? | |
— Kredit olmoqchiman, lekin garovga qo`yadigan narsam ham kafil bo`ladigan odam ham yo`q. Kreditni qanday olsam bo`ladi? A.A, Samarqand viloyati Mazkur masala Aholi bandligini ta`minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to`g`risidagi nizom (AV. ro`yx. raq. 2975, 22.02.2018 y.) bilan tartibga solinadi, deb ma`lumot berilmoqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida. Nizomga muvofiq qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot etishtirish va chorvachilik bilan shug`ullanish uchun banklar tomonidan tuman (shahar)dagi sektor rahbari, tuman (shahar) hokimining o`rinbosari – xotin-qizlar qo`mitasi hamda mahalla fuqarolar yig`ini raislari tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida aholiga 3 oydan 6 oygacha bo`lgan imtiyozli davr bilan, eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha (17 224 000 so`mgacha) yillik 7 foiz stavkada 3 yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi. Bunda banklar ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchilarga ta`minot turlaridan birini (garov, kafil, sug`urta polisi) talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega. Mazkur mikrokreditlar pul o`tkazish yo`li bilan ajratiladi. Shu bilan birga maqsaddan kelib chiqqan holda mikrokredit summasining 30 foizi miqdoridagi qismi naqd pul ko`rinishida berilishi mumkin. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |