09:01
Galustuk - Madaniyat belgisi
Inson ma’naviyati — egnidagi libosi bilan belgilanadi. U qanday uslubda kiyingan bo‘lsa, o‘sha insonning fe’l-atvorini, dunyoqarashini namoyon qiladi. Bugungi kun yoshlarining, avvalo, talabalar libosining bir qismiga aylanib ulgurgan galstuk — bu borada katta ahamiyat kasb etadi.

Kishi xarakterida jiddiylik, bosiqlik xislatlarini shakllantirishda uning o‘rni beqiyos. Shuningdek, boshqalarda ziyoli odam siymosini gavdalantiradi. Taajjubki, ba’zi talabalar ushbu haqiqatni noto‘g‘ri qabul qiladilar. Qo‘pol qilib aytganda, galstuk ular uchun majburiy bog‘lanadigan bo‘yinbog‘ hisobida bo‘lib qolgan.

Yo‘q, galstuk — bu madaniyat belgisidir. Agar madaniyatli bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, undan uzoqlashmang!

Elmurod ABDULLAYEV.

Internet manbalaridan olindi
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 880 | Добавил: Admin | Теги: Galustuk - Madaniyat belgisi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar