10:04 Futbolchilarni vaxshiylarcha kaltaklagan «Iftixor» futbol klubi direktori va murabbiyi butun umrga futboldan chetlatildi | |
31 may kuni internet tarmoqlarida «Iftixor» klubi mutasaddilari tomonidan jamoaning ikki himoyachisi Tursunboy Husanov hamda Hasanboy Ergashevlarni ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar paydo bo`lgandi. O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashevning klub futbolchilariga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlarni amalga oshirgani haqidagi matbuotda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi. "Yoshlar ittifoqi jamoasi «Iftixor» futbol klubi direktori Ahror Ergashev va jamoa katta murabbiyi Nodir Qo`ziboev tajovuzkor harakatlari uchun futbol bilan bog`liq har qanday faoliyat olib borishdan butun umrga chetlatildi", - deyilgan O`FA xabarida. O`FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov vaziyatga munosabat bildirib, O`FA hamda PFL bundan buyon ham o`z o`yinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar ko`rilishini bildirgan. Qayd etilishicha, bu borada Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qo`ziboevning tajovuzkor xatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |