10:47 Fitnes haqida 10 afsona | |
Hozirgi kunda sog`lom turmush tarziga rioya qilishdan tashqari, fitnes haqida yolg`on tasavvurlar ham ko`payib bormoqda. Quyida eng mashhur afsonalarning haqiqatga qanchalik yaqinligiga aniqlik kiritamiz. 1. Afsona Agar mashqlardan so`ng bo`g`imlar og`risa, demak, mashqlar samarali o`tgan. Haqiqat Og`riqlar mushak tolalaridagi mikro travmalardan darak. 2. Afsona Cho`zilish mashqi bo`g`imlardagi og`riqni kamaytiradi. Haqiqat Cho`zilish mashqi bo`g`imlarni dam oldirish uchun kerak. 3. Afsona Qancha uzoq mashq qilsangiz, natija shuncha yaxshi bo`ladi. Haqiqat Asosiysi, vaqt emas, mashqlarning to`g`ri bajarilishi. 4. Afsona Mashg`ulotlarni iloji boricha ko`proq o`tkazish kerak. Haqiqat Mashg`ulotlar orasidagi tanaffus 2-3 kundan kam bo`lmasligi kerak. 5. Afsona Kuch bilan qilinadigan mashqlar ayollar muskullarini chiqarib, qo`llarini qo`pol qilib qo`yadi. Haqiqat Kuch bilan qilinadigan mashqlar ayol qomatini tarang va go`zal qiladi. 6. Afsona Mashq qilayapman-ku, demak istagan narsamni esam ham bo`laveradi. Haqiqat Kutilgan natijaga faqatgina to`g`ri ovqatlanishga rioya qilibgina erishsa bo`ladi. 7. Afsona Neopron kiyimlarni mashq paytida kiyish yog`ni eritishga yordam beradi. Haqiqat Issiq ta`siri sog`liqqa zarar keltirishdan boshqa narsa emas. 8. Afsona Dugonam va men uchun reja Dugonamning mashq qilish rejasi mening ham ozishimga yordam beradi. Haqiqat Individual reja Mashqlar rejasi hamma uchun alohida tuziladi. 9. Afsona Natija taroziga qarab aniqlanadi. Haqiqat Natijani santimetrli tasmada o`lchash kerak. 10. Afsona Tananing muammoli qismlari birinchi ozadi. Haqiqat Birinchi o`rinda biz kutmagan joylardagi yog`lar eriydi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |