— Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O`sha kunlari farzandim bog`chaga bormaydi. Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lashim shartmi?

Adliya vazirligi:

Ota-onalardan birining ishdan (o`qishdan) bo`sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko`ra bola bog`chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to`lanishi lozim bo`lgan to`lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to`lov summasiga kamaytiriladi.

To`lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko`rsatilgan holda maktabgacha ta`lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart.

Bunda bolaninng bir yilda ko`pi bilan 60 kundan ortiq bo`lmagan muddatgacha maktabgacha ta`lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Demak, maktabgacha ta`lim muassasasi oldindan yozma ogohlantirilgan bo`lsa, bola bog`chaga bormagan kunlar uchun pul to`lanmaydi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 04.06.2018 | Комментарии (0)


Ichki ishlar organlarida xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizomga muvofiq quyidagi fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:

- belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;

- ichki ishlar organlarida xizmatni o`tashga to`sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo`lgan;

- boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko`ra bo`shatilgan;

- sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (qo`llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo`llanilgandan qat`i nazar).
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 04.06.2018 | Комментарии (0)


— Bundan uch yil oldin otam hayotdan ko`z yumdi. Shu voqeadan keyin yaqinlarimdan kimningdir tobi qochsa, undan ayrilib qoladigandek his qilaman o`zimni. Nega shunday, bilmayman. O`zimni qo`lga olishga harakat qilganim sayin yanada ko`proq vahima bosadi. Juda qiynalib ketdim, dugonalarim kabi o`ynab-kulib yashashni istayman, ammo qo`rquvni engolmayapman...»

Savol «SMS» orqali kelgan.

Tahririyatimizga bo`lgan murojaat bizni qo`rquvlar haqida so`z ochishga undadi. Tanlagan mavzumiz chindanam jiddiy, ammo chorasi bor ekan. Bugun shu haqida.

Mutaxassis — Nargiz SATTAROVA, ruhshunos

Qo`rquv va fobiya, qanday farqi bor?

Qo`rquv insonlarga in`om etilgan to`rt asosiy hissiyotlardan biri hisoblanadi. Va u orqali biz qaysidir ma`noda jon saqlaymiz. Qo`rquv kurashish yoki himoyalanishga undaydi.

Ushbu hissiyotning mexanizmi juda oddiy, siz biror xavf-xatarni sezgan zahotingiz miyada hosil bo`lgan buyruq orqali qonda adr ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 31.05.2018 | Комментарии (0)


Ko`pchiligimizga o`zni atrofdagilar bilan solishtirish odati begona emas. Bugungi mavzumiz o`zini dugonalari, mashhur yulduzlar — xullas, boshqalar bilan qiyoslaydigan qizlar haqida. Ruhshunos Shahnoza XALILOVAning fikrlari va tavsiyalariga «kundaligingiz»dan alohida joy ajratsangiz, foydadan xoli bo`lmaydi, dugonajonlar.

Siz yagonasiz!

Faylasuf Oshoning «Inson o`zini boshqa birovga solishtirishi borib turgan ahmoqlikdir. Tasavvur qiling, siz o`zingizni qushlar bilan solishtirayapsiz, ular nega uchadi, mening esa qanotlarim yo`q deya...» degan fikri bor.

Fikrimizni isbotlash uchun, yana bir iborani keltirib o`tishni joiz deb topdik — «Naqshni ayblagan naqqoshni ayblagandir».

Har birimiz indivudal insonmiz, bir-birimizni takrorlamaymiz. Qosh-u ko`zimiz o`xshab ketishi mumkin, ammo aynan emas. Barmoq izlarimiz ham takrorlanmas-ku! Hatto ko`kdan erga yog`iluvchi qor parchalari ham biri ikkinchisiga o`xshamas ekan. Biz ham alohida-alohida ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 09.05.2018 | Комментарии (0)


Ish soati haftasiga 40 soatdan oshmagan tashkilotlar bor, masalan 5 kunlik ishdan tashqari navbatchilik uchun ham qo`shimcha ish haqi to`lanishi kerakmi?

Mehnat qonunchiligiga ko`ra:

- belgilangan kundalik ish (smena) vaqtidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi;

- ish vaqtidan tashqari ishlashga xodimning roziligi bo`lishi kerak;

- agar xodim ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlari ishlasa kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi;

- to`lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, tuzilmagan bo`lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi;

- bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin;

- xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlarig ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 09.04.2018 | Комментарии (0)


— Yosh bolasi bor ayollarning ishdan erta ketishiga ruxsat beriladimi? Agar erta ketsa, ushbu soatlar oylik maoshida chegirib qolinmaydimi?

Mahfuza Botirova, Sirdaryo viloyati

E.MUHITDINOV, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining116-moddasida ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog`lig`ining holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o`ziga xos xususiyatlari va o`zga holatlarni inobatga olib, mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to`lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Mehnat kodeksining 228-1-moddasi talablariga ko`ra, ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:

uch yoshga to`lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta`minlanadigan muassasalar ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 31.03.2018 | Комментарии (0)


Tan olaylik, biror-bir muammoga ro`baro` kelsak, albatta, uning osonroq echimini izlaymiz. Va ko`p hollarda bu otinoyiyu domlalarga murojaat qilish, fol ochtirish kabi amallarda o`z ifodasini topadi. «To`g`ri-da, hamma shunday qiladi!» deyishingiz mumkin, ammo bu qanchalik to`g`ri? Umuman, jamiki masalalarning bosh sababchisi — issiq-sovuq ekanligiga ishonch qaerdan paydo bo`ladi? Yo sehr-jodu qilingan odamning o`ziga xos belgilari bormi? Ehtimol bu shunchaki o`z-o`zini aldash, pulni havoga sovurish yo pashshadan fil yasashdek gapdir. Er-xotin munosabatlarining buzilishi, omadsizlik, xastalanish va yana boshqa-boshqa vaziyatlarda ilmu amalning daxli yo`qdir balki... Xullas, ko`pchilikni qiziqtirgan va hamisha bahsli mavzu yuzasidan mutaxassislarga yuzlanamiz.

Mutaxassis – Nargiz SATTAROVA, ruhshunos.

Inkor etilmaydi, ammo...

Noyob qobiliyatli kishilar bor va biz ularni inkor etish yo qilayotgan ishiga nisbatan shubha bilan qarash fikridan yiroqmiz ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 18.03.2018 | Комментарии (0)


— Ayni dam ota–onamnikida yashayapman. Qaynonam va ovsinimning zug`umidan tamom bo`ldim. Erimning esa parvoyiga ham kelmaydi. Ikki farzandim bo`lsa ham ajrashmoqchiman, ammo turmush o`rtog`im Tojikiston fuqarosi, shuni deb aliment to`lovi muammo bo`lmaydimi? Uy-joy masalasi-chi, qanday hal etiladi?

Sevara Avazova, Surxondaryo viloyati

Savolga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob berdi:

— Aliment to`lovini undirish haqidagi sud hujjati qarzdorning, (turmush o`rtog`ingizning) yashash manzili bo`yicha ijro qilinadi. Oilangiz bilan yashab kelgan manzilingiz bo`yicha uyga kiritish haqida fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 05.03.2018 | Комментарии (0)


Bolali oilalarni ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga oid masalalarga oid 3 savolga 3ta javob:

Savol: Nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam qanday oilalarga va qachondan boshlab to`lanadi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi “Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko`ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a`zosiga o`rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga tayinlanadi.

Bunday moddiy yordam ariza beruvchining o`zini o`zi boshqarish organiga (yashab turgan mahallasiga) murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to`lanadi.

Savol: Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to`lash muddati qancha?

Javob: Bolali oilalarga naf ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 03.03.2018 | Комментарии (0)


Maktabda o`qiydigan farzandimni telefonini o`qituvchisi olib qo`yibdi. Shaxsiy mulk bo`lsa, uni olishga haqqi bormi? Ushbu savolga Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida jabob berildi.

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomga aosan o`quv mashg`ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta`lim oluvchilar telefonini o`chirib qo`yishi hamda sumkasiga solib qo`yishi shart.

Ta`lim oluvchilarga quyidagilar qat`iyan taqiqlanadi:
- telefonini bo`yniga osib olish, ko`krak cho`ntaklarida, shim, yubkalari cho`ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
- telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta`lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
- telefoni yordamida:
- atrofdagilarga zo`ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ`ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
- ta`lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo`ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olis ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 24.02.2018 | Комментарии (0)


Mehnat haqidan ushlab qolish xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo`lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.

Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat`i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni undirish uchun;
sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to`langan summani qaytarib olish uchun;
hisobidan xodim ta`til olib bo`lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, — ta`tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;
xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning miqdori xodimning o`rtacha oylik ish haqidan ortiq bo`lmasa;
intizomiy jazo sifatida qo`llanilgan jarima ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Админ | Дата: 05.02.2018 | Комментарии (0)


Telefon jiringladi. Go`shakni ko`tarsam, bir ayol:

— Sizlarga bir taklifim bor. O`g`li yo`q ayollar haqida yozinglar. Bir tanishimning ikki qizi bor, hozir uchinchisiga homilador. Shifokorlar bunisiniyam qiz deyishibdi. Endi bechoraning uyida kunda janjal. Qaynonasi, eri, qaynopasi «iching qizga to`lib ketganmi, faqat qiz tug`asan?! Bunisiyam qiz bo`lsa, javobingni beramiz», deb kun berishmayapti. Axir bolaning o`g`il yo qiz bo`lishi faqat ayolga bog`liqmas-ku!

— Ha, biz bu haqda bir necha marta yozganmiz, — dedim.

— Iltimos, yana yozinglar, balki gazetada o`g`ib, ishonishar, insofga kirib qolishar?!

Shunday qilib, bu mavzuga yana bir marta qaytishga qaror qildik.

Ultratovush xonasidagi manzara

Ayni shu murojaat bo`lgan kuni ish yuzasidan shifoxonaga bordim. Ultratovush tekshiruvi o`tkaziladigan xona yonida odam juda gavjum: kimdir navbat talashgan, kimlardir o`zaro hasratlashgan, kim shoshilgan, kim xavotirl ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 14.08.2017 | Комментарии (0)


"Onamning hovlisida oilam bilan yashaymiz. Turmush o`rtog`im Rossiyada ishlab topgan puliga “Matiz” avtomobilini sotib olgan. Shu bilan kira qiladi. Topgan puliga “qora” qozonimiz qaynaydi. Men ishlamayman. “Mahalla” fuqarolar yig`inidan farzandim uchun 2 yoshgacha beriladigan bola puli berishlarini so`rasam, engil avtomobili borlarga bola puli berilmaydi, deyishyapti. Haqiqatdan shundaymi? Axir uy-joyimiz yo`q, uch nafar farzandimiz bor-ku.

Ra`no Jo`raboeva, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri.

Aybek GANIBOEV, O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi huquqshunosi:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 8-bandida "14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yorda ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 10.08.2017 | Комментарии (0)


"Bir havlida uch aka-uka oilasi bilan yashaymiz. Men to`ng`ich farzandning rafiqasiman. Alohida yashash uchun uy sotib olishga imkoniyatimiz yo`q. Turmush o`rtog`imni nomida 30 sotix dehqon xo`jalik uchun ajratilgan er bor. Shu erga uy qursak bo`ladimi?"

Barno Ibragimova, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani

M.HAYITMURODOV, Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi "Er kodeksi"ning 55-moddasiga asosan dehqon xo`jaligi yuritish uchun beriladigan er uchastkasining o`lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, ilgari berilgan yoki beriladigan er uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Dehqon xo`jaligi yuritish uchun er uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Yakka t ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 10.08.2017 | Комментарии (0)


«Опамнинг оила қурганига ўн йил бўлаяпти. Поччам билан севишиб, ҳаёт йўлларини боғлашган. Шириндан-ширин фарзандлари бор. Аммо охирги пайтларда турмуш ўртоғи ўзгариб қолган. Опам ўзи гавдали, тўлачадан келган аёл. Нуқул эри ташқи кўринишини масхаралаб, устидан кулади. Бундан опам тушкунликка тушиб қолган. Менда эса қўрқув пайдо бўлган. Турмушга чиқсам, умр йўлдошим ҳам мени шундай камситса, чидай олмасам керак...»

Нафосат, 21 ёш

Эркак киши рафиқасининг ташқи кўринишини кулгуга олса, унга қандай муносабат билидириш керак? Бу эркалаш маъносидаги ҳазилми ё камситиш? Бугун саҳифамизда руҳшунос Наргиз САТТАРОВА билан шу саволларга жавоб излаймиз.

Ташқи кўринишда гап кўп(ми)?

Эркак киши учун аёлининг ташқи кўриниши эмас, унинг ёнида ўзини қандай ҳис қилиши муҳим. Яъни аёлининг кайфияти, ўзига ва унга билдираётган муносабати аҳамиятли. Ён-атрофингизга қарасангиз, сиз кўримсизгина санайдиган аёлларни (аслида, аёлларнинг ташқи кўринишига аёлла ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 26.07.2017 | Комментарии (0)


«Ёшим йигирма бирда. Турмушга чиқмаганман. Менга болалигимдан исмим ёқмайди. Унинг тақдиримга салбий таъсири етарлича, деб биламан. Оила қуришдан олдин исм-фамиялимни ўзгартириш ниятим бор. Бунинг тартиб-қоидалари билан таништирсангиз», деди асл исмини ҳатто, айтишни истамаган муштарийимиз.

Мавзу юзасидан қатор саволлар тайёрлаб, мутахассисларга юзландик.

Фуқароларнинг исм, фамилия, ота исмини ўзгартириш масалалари бўйича саволларимизга Тошкент шаҳар, Миробод тумани ФҲДЁ бўлими раҳбари Гулбаҳор ҚУЛМАТОВА жавоб беради.

Тартиби қанақа?

— Ҳар бир фуқаро ўз исмини, фамилияси, ота исмини ўзгартириш ҳуқуқига эга. Фамилия, исм ва ота исмини ўзгартириш ҳақидаги аризалар ариза берувчи 16 ёшга тўлгач, турар-жойдаги ФҲДЁ органи томонидан (туғилганлик тўғрисидаги гувоҳномани қаердан олган бўлишидан қатъи назар) кўриб чиқилади. Бунда фуқаро шахсини тасдиқловчи ҳужжат — паспорт билан мруожаат қилади.

Фуқароларнинг бу борадаги аризалари ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 26.07.2017 | Комментарии (0)


2011-2015 yillarda Nukus Davlat pedagogika institutida grand asosida tahsil olganman. O`qishni tugatib, Beruniy tumanidagi 45-sonli maktabga boshlang`ich sinfga o`qituvchi bo`lib ishga qabul qilindim. Ish stajimga 2 yil to`ldi. Shu yilning yoz oyida qozog`istonlik yigitga turmushga chiqib, Qozog`istonga ketmoqchi edim. Grand asosida o`qiganim uchun menga diplomimni 3 yil ishlaganimdan keyin berishlarini aytishyapti. Men 2 yil ishlaganim uchun diplomimni olsam bo`ladimi? Avval kollej diplomi bilan ham to`rt yil maktabda ishlaganman, bu hisobga kirmaydimi?

Gulxan Raxmonova, Qoraqolpog`iston Respublikasi, Beruniy tumani 45-maktabning boshlang`inch sinf o`qituvchisi.

B.Rajabov, Kadrlar tayyorlash va oliy ta`lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta`minlash bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005 yil 8 iyu ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 22.07.2017 | Комментарии (0)


"Sirtqi bo`limlar haqida ma`lumot olmaqchi edim. Qaysi oliygohlarning, qaysi fakultetlarida sirtqi bo`limlar ochilgan? Ularda o`qish uchun yosh chegaralanganmi?"

Mansur Turopov, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.

M.INOYaTOV, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi qaroriga muvofiq, oliy ta`lim muassasalarining sirtqi bo`limlariga o`qitishning samarasiz shakli sifatida talabalar qabuli to`xtatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi "2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida"gi qaroriga muvofik, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Navoiy davlat konchilik instituta va Toshkent temir yo`l muxandislari institutlariga maxsus sirtqi bo`limiga qabul kvotalari belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi "Oliy ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 17.07.2017 | Комментарии (0)


"Yoshim 37 da. Tibbiyot kollejida tahsil olishni istayman. Kollejlarga to`lov asosida necha yoshgacha qabul qilishadi?"

Nargiza Ravshanova, Surxondaryo viloyati, Jarqo`rg`on tumani

Farhod RIZAEV, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktorining birinchi o`rinbosari:

— O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta`lim olish O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 21 avgustda 1844-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan "O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta`limni olish tartibi to`g`risida"gi nizom asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizomning 5-bandida ikkinchi va undan keyingi oliy (o`rta maxsus, kasb-hunar) ma`lumot olish uchun hujjatlar 20 iyuldan 20 avgustgacha qabul qilinishi ko`rsatilgan. O`qish muayyan kasb bo`yicha to`lov-shartnomada ko`rsatilgan mablag`ni belgilangan tartibda to`lagan fuqarolar soni guruh shakllantirish uchun etarli bo`lganda ama ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 17.07.2017 | Комментарии (0)


"Ikki yil oldin erim bilan ajrashdim. Bolam bilan ota uyimda yashayapmiz. Shu kunlarda uzoqlarga qochib ketgim kelayapti. Sababi uydagilar «Qachon turmushga chiqasan, tezroq erga tegsang, tinchirdik», deya holi-jonimga qo`yishmaydi. Kelinoyimlarning ham topib olgan gapi shu. Og`iz solayotgan kishining o`zi yo`q. Buning ustiga, hech qaerga yuborishmaydi. Biror joyda ishlay, muammolardan chalg`iy desam, bunga ham ruxsat berishmaydi. Ishonishmaydi, qolaversa, ajrashgan bo`lganim uchun gap-so`z ko`payarmish..."

Nasiba, Sirdaryo viloyati

Oilaviy ajrimdan keyin ayolning ham, erkakning ham hayotida o`zgarishlar yuz beradi, albatta. Jumladan, atrofdagilarning munosabati ham boshqacha tus oladi. Ayniqsa, ayolning chekiga ko`proq va og`irroq yuk tushadi. Bu gal ruhshunos Nargiz SATTAROVA bilan ikkinchi bor turmush qurish masalasiga echim izlayotgan ayollarning psixologiyasini tahlil qilamiz.

Ajrimdan keyin...

Kimdir qayta oila qurishga shoshadi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar |  Добавил: Admin | Дата: 17.07.2017 | Комментарии (0)

1 2 »