10:25
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini ikki kun sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi
O'zbekistonda boshlangan hafta avvalida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda O'zbekiston Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabar qildi.

«O'zbekiston Respublikasining tog' va tog'oldi hududlarida 2018 yilning 11 mart kunidan 13 mart kunigacha sel kelish xavfi mavjud», — deyiladi xabarda.

FVV aholidan ehtiyot choralarni ko'rishni hamda turli noxush holatlar vujudga kelganda FVV tezkor raqamiga murojaat qilishni so'ramoqda.

Eslatib o'tamiz, 27 fevral kuni Buxoro, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli shamol va yomg'ir oqibatida binolarning alohida qismlarini suv bosgandi.
Manba: Hordiq.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 721 | Добавил: Админ | Теги: Favqulodda vaziyatlar vazirligi aho | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar