12:46 Farzandingizga har kuni 15 daqiqa kitob o`qib berishning 15 foydasi | |
Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining natijasiga ko`ra, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan. 1. Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo`ladi. Shu davrda bolaga kitob o`qish miya rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 2. Uch yoshlik bolaning so`z boyligiga qarab u 3 sinfda "o`qish"dan necha baho olishini oldindan bilsa bo`ladi. 3. Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o`qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so`zni eshitgan bo`ladi. 4. Birinchi sinf kitoblarini o`qiy olmagan bola, keyinchalik 4 sinf kitoblarini ham o`qiy olmaydi. 5. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ko`p kitob o`qilgan bo`lsa, ular 1-sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o`rganadi, 20 gacha sanay oladi va o`z ismlarini yoza oladi. 6. Bolaning maktab yoshigacha bo`lgan davrida ota-onasi bilan kitob o`qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi. 7. Yoshligidan kitob o`qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar bo`lishi kam namoyon bo`ladi. 8. O`qish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi. 9. O`qish bolaning bilimlari asosidir. 10. Kitobdan olingan ma`lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma`lumotdan ko`ra ko`proq miyaga ijobiy ta`sir qiladi. Undan tashqari kitob o`qish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi. 11. Statistikani ko`rsatishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarga ota-ona kitob o`qib bersa, kitobga bo`lgan qiziqish 100% bo`ladi. To`rtinchi sinfga kelib kitobga bo`lgan qiziqish 54%gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga o`qimasligida ekan. 12. Kitob tili adabiy va chiroylidir. 13. Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o`qib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uyg`onishiga olib keladi. 14. Televizordagi berilayotgan "lug`at"dan ko`ra kitobda berilayotgan matndagi "lug`at" ikki barobar ko`pdir. 15. Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob o`qib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush ko`rsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt o`tkazayotganlari uchun yaxshi ko`rar ekanlar. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |