23:50 Facebook o`z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa | |
Tasavvur qiling dunyoning barcha odamlarini bitta katta binoga joylashtirishgan, u erdagi tartibni esa maxsus agentlar kuzatadi va ta`minlaydi. Binoning qonunlarida agentlarning barcha harakatlari binoda yashovchilarning xavfsizligi uchun deb belgilangan. Ammo qandaydir vaqtda siz agentlar ortingizdan kuzatishayotganini bilib qolasiz: ular sizning suxbatlaringizni, harakatlaringizni va hatto qaerdaligingizni aniqlay olishadi. AdMe.ru nashri Propublica binosini videokuzatuviga asoslanib qanchalik ijtimoiy tarmoqlar siz haqingizda bilishini bilib oldi. Xo`sh, Facebook nimalarni eslab qoladi: Sizga yoqadigan barcha narsani: suratlar, yozuvlar, odamlar, video, sharhlar. Sizning barcha layk va repostlaringiz tahlil qilinadi. Istalgan foydalanuvchi bilan barcha shaxsiy xabarlaringizni. Sizning o`chirilgan barcha xabarlaringizni, sharh va postlar: hatto siz ularni allaqachon o`chirgan bo`lsangiz ham ular doim ijtimoiy tarmoqning serverlarida saqlanadi. Sizning ohiriga etkazilmagan postlaringiz ham, hatto uni yozib o`chirib tashlagan bo`lsangiz ham. Ha, Facebook hatto siz yozib, ammo chiqarishni istamagan yozuvlaringizni ham eslab qoladi! Siz tomondan joylangan barcha surat va videolar va hatto siz bo`lishganlari ham. Biror foydalanuvchi bilan do`st bo`lgan va do`st bo`lishni to`xtatgan vaqtingiz. Instagram va WhatsApp tarmoqlaridagi barcha harakatlaringiz, layk va xabarlaringiz (ikkisi ham Facebook’niki). Siz tashrif buyurgan shaharlar, joylar, mamlakatlar. Akkauntingizga kirgan barcha uskunalarni. Sizning ma`lumotingiz va daromadingiz. Lentadan o`tgan barcha saytlaringiz. Sizni nima sababdan Facebook aynan sizga qiziqarli rekalamani taqdim etishi haqida o`ylab ko`rganmisiz? «Podelitsya v Facebook» yoki shunchaki «Nravitsya» tugmalari mavjud har qanday sahifalarni. Kredit kartalaringiz borligini. Sizning siyosiy qarashlaringiz, ayniqsa sizga qarshi ishlatilishi mumkin bo`lgan sharhlaringiz ham. Sizning yuzingiz: sizni kimdir o`z suratlarida belgilagan taqdirda, Facebook buni o`z bazasiga kiritadi, va keyinchalik sizni har qanday suratda tanib oladi. Agar yuqoridagilarni o`qib ijtimoiy tarmoqni tark etmoqchi bo`lsangiz, unutmang: akkauntni o`chirib tashlash sizning ma`lumotlaringizni o`chirmaydi. Shunday bo`lsada Binodan butunlay ketmang. Shunchaki undan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |