10:08
ERKAKLAR HAQIDA 4 XIL TASAVVUR. QAY BIRI TO`G`RI?
“Doim kulib tursam unga yoqaman”
To`g`ri ba`zi xollarda bu usul ish beradi. Biroq ayrim erkaklar ayolning xushchaqchaqligini ortiqcha bachkanalikka yo`yishadi. Yoki mendan biror nima undirmoqchi degan xulosaga kelishlari mumkin. Shu bois tabassum ham meyo`rida bo`lsin.

“Aqlli fikrlarni aytsam, parvo qilmaydi”
Balli, erkakni kamstishning eng zo`r yo`lini topibsiz. Garchi aytayotgan so`zlaringiz orsida o`ziga taalluqli tomonini allqachon tushungan bo`lsada, bu uning uchun “Sen shulardek bo`lolasanmi?” deganini bildiradi. Yaxshisi uni boshqalarga taqqoslamay maqtab turing.

“Menga e`tiborsiz, bir rashk qildiray”
Ba`zi erkaklar tabiatan e`tibor ko`rsatishni har kungi muomila bilan izohlashadi. Agar uni rashk qildiraman desangiz yoki umuman sizdan sovib ketadi yo o`rtaga ishonchsizlik raxna soladi. Shu bois uni boricha qabul qiling.

“Ba`zida aktrisalik zarar qilmaydi”
Erkaklar aqlli ayollarni unchalik xushlamaydi. Shu bois vaqti-vaqti bilan o`zingizni uquvsiz ayoldek tutib, uning zehniga tasanno ayting. Bundan erkaklar yanayam ruhlanadi.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 892 | Добавил: Admin | Теги: ERKAKLAR HAQIDA 4 XIL TASAVVUR. QAY | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar