08:57 Erkak va ayol munosabatlariga putur yetkazuvchi 9 sabab | |
Ba`zan eng chiroyli juftlikning hech narsadan hech narsa yo`q ajrashib ketayotganligini ko`rib hayron qolamiz. Bunday holatga yetib kelguncha, xavf-xatar signali chalinadi, ammo biz boshqa ishlar bilan qattiq band bo`lganimizdan yoki dangasaligimizdan bunga ko`p ham e`tibor bermaymiz. Quyida “Lifehacker.ru” nashri bunday holatning oldini olish uchun sezish, his qilish, anglash yuzasidan zarur tushunchalarni izohlab beradi. 1. Ishonchning yo`qolishi Avvaldan mavjud bo`lmagan yoki bo`lgan ishonchning yo`qolishi oqibatida munosabatlar poydevoriga putur yetadi, orzu-umid, kelajakka ishonch yo`qoladi. Ishonchning yo`qolishiga asoslanmagan, sababsiz rashk, bir paytlar va`da qilinib, amalga oshirilmagan ontlar sabab bo`ladi. Ishonchsizlik oqibatida juftlik o`rtasida turli nizolar chiqib, janjalga, assosiz so`roq-savollarga, juflardan birining erkini bo`g`ishga bo`lgan harakatlar yuzaga keladi. Natijada bu narsa karyeraga, munosabatlarga putur yetkazadi. 2. Turli-tuman maqsadlar Bir aravaga qo`shilgan ikki ot har tomonga tortsa, arava joyidan jilmaydi. Hayotda ham juftlarning orzu-niyatlari, maqsadlari bir xil bo`lmasa juda qiyin bo`ladi. Ba`zida maqsadlarning turli-tumanligi juftlarning o`zlari xohlaganday yashashlariga ham to`sqinlik qiladi. 3. Zo`ravonlik Bu yerda gap jismoniy zo`rlik haqida emas, balki ma`naviy zo`ravonlik haqida ketyapti. Tan yarasidan ko`ra, qalb yarasining bitishi juda og`ir kechadi. Ruhiy zo`ravonlik belgilari: • Juftini to`liq nazorat qilish. • Juftini haqorat qilish, bo`lar-bo`lmasga tanqid qilish, yerga urish. • Juftida qo`rquv uyg`otish maqsadida uning ustidan hukmronlik qilish. • Keragidan ortiq — nafaqat odamlardan balki, juftini ishidan, qiziqishlaridan, orzularidan qizg`anish, rashk qilish. • Juftini o`zining hukmiga bo`ysundirib, aytganlarini so`zsiz bajarishni kutish. • Juftini aldash. • Umumiy qaror chiqarish vaqtida juftining ovoz berish huquqi yo`qligi. • Juftini qarindoshlaridan, do`stlaridan, hayotdan uzib qo`yish. Hozir biz ruhiy zo`ravonlik haqida gapirganimizda ko`z o`ngimizga erkak kishi keldi, ammo u ayol ham bo`lishi mumkin. Chunki ayollar jismonan zo`ravonlik qilmasalar-da, ruhiy tomondan yaxshigina zarba berishadi. 4. Aldangan umidlar Agar hamma narsa biz kutgandek amalga oshsa, o`zimizni judayam baxtli his qilamiz. Ammo orzumiz amalga oshmasa, o`zimizni dunyodagi eng ishi yurishmagan odam deb hisoblaymiz. Aslida hali turmush qurmagan paytimizda juftimizni ideallashtirib yuboramiz. Birga yashagandan keyin, uni yaqindan bilgach, kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi va biz o`zmizni aldangan his qilamiz. 5. Zararli odatlarga tobelik Spirtli ichimlik iste`mol qilish, giyohvandlik inson hayotini do`zaxga aylantiradi. Bu zararli odatlarga hali tobe bo`lishga ulgurmagan odamga yaqin insoni yordam bera oladi. Ammo u zararli odatlarga ko`nikma hosil qilib bo`lgan bo`lsa, bunday vaziyatdan faqatgina uning o`zi chiqib ketishi mumkin. Jufti har qancha harakat qilmasin, o`zi irodali bo`lib, bunday yomon odatlardan qutulishga harakat qilmasa, hammasi befoydadir. 6. Uzoqlashish, ko`ngil sovish, zerikish Maqsad va intilishlarning har xilligi juftlarning bir-biridan uzoqlashishiga sabab bo`ladi. Faqatgina yolg`izlikdan, pulsiz qolishdan, farzandlardan ajrab qolish haqidagi qo`rquvgina ularni birga yashashga majbur qiladi. Ammo ularni birga yashashga majbur qiladigan sabab qolmasa, juftlik ajrashib ketadi. 7. Turli darajada rivojlanish Juftlarning ajrashib ketishiga turli darajadagi rivojlanish ham sabab bo`lishi mumkin. Masalan, tanishgan paytlarida ularning bilim darajasi, aqliy salohiyati bir xil bo`lgan bo`lsa, keyinchalik ulardan biri o`z ustida ishlab, o`qib-o`rganib, ikkinchisidan o`zib ketishi mumkin. Natijada qiziqishlar doirasining, dunyoqarashning turli-tumanligi oqibatida juftlar ajrashib ketadi. 8. Moliyaviy muammolar Moliyaviy muammolar deganda pulning kamligi tushunilmaydi, balki ularni to`g`ri taqsimlay olmaslik turli moliyaviy muammolarga sabab bo`ladi. Masalan: • Juftining ko`p pul topishi ikkinchisiga yomon ta`sir qilib, moliyaviy tomondan unga qaram qilib qo`yadi. • Umumiy oila byudjeti faqat bir kishining xohish-istagi bilangina taqimlanadi. • Juftlardan biri pullarni ikkinchisidan maslahat so`ramay, ishlatib yuboradi. Keyin zarur narsalar uchun pul topilmay qoladi. 9. Ruhiy va jismoniy aloqaning uzilishi Juftlar ham jismonan, ham ruhan bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Ular bir-birini tushunmaydi, qiyin vaziyatlarga tushib qolganda bir-birini qo`llab-quvvatlamaydi, muammolarning yechimini topolmaydi. Oqibatda ular muammoli vaziyatdan chiqish yo`lini ko`chadan, begonalardan qidira boshlaydi va turli xiyonatlar yuzaga keladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |