11:36
Erkak bo’lish zo’rligining 10 ta sababi
Xozir o‘g‘il bo‘lib tug‘ilish haqiqatan ham zo‘r (agar bir soniyaga armiya haqida unutilsa, albatta). Sizning oldingizda yoniga yo‘lab bo‘lmaydigan qizlar bo‘yicha millionta imkoniyatlar ochiq bo‘ladi va qizlar doim kurashadigan barcha muammolar yopiq bo‘ladi. ravishda kuch sinashmoqda. Ha, “kuchli jins” so‘z birikmasi nahotki zo‘r bo‘lmasa?

Erkaklar kompyuter o‘yinlarini o‘ynashadi va hech kim unga qarshi hech qanday so‘z aytmaydi. U God of War o‘yinidagi Olipmaning barcha Xudolarini yoki Dante’s Inferno o‘yinidagi barcha shaytonlarni yakson qilishga harakat qilsa ham, uni baribir ham sevishadi, hurmat qilishadi va mazali taom bilan siylashadi. Odatda kompyuterda o‘yin o‘ynaydigan qizdan shubha qilishadi: ojiz jins vakillari uchun eng yaxshi o‘yin idish-tovoq yuvish, deb hisoblashadi.

Erkaklar kino ko‘rib, yig‘lashmaydi. Odatda, ular umuman bir soniyaga bo‘lsada yig‘lash mumkin bo‘lgan kinolarni ko‘rishmaydi. Ular hech qachon bir yarim soat yuzni bo‘yanish, mushkul vaziyatga tushib qolgan bosh qahramonga achinish, so‘ngra kinoteatr foyesiga qizil burun va yoshli ko‘z bilan chiqish nima ekanligini bilishmaydi. Ular kinodan tabassus qilib va tishlariga kirib qolgan pop-kornni kovlagancha chiqib kelishadi.

Erkaklar futbolka kiyib, bemalol yura olishi va o‘z qiyofasini mukammal deb hisoblashi mumkin. Yo‘q, albatta, yana jinsi kerak, shu bilan bo‘ldi. Erkaklar futbolkasini o‘zlariga yetarli deb hisoblashadi: masalan, Rare futbolkalari nimcha tegiga yashiriladi, Gaudi futbolkalari qaltis yarim shahvoniy ko‘rinishi bilan maftun etadi. Qiz bola erta tongdan futbolka kiysa, uni bo‘yinbog‘ bilan to‘ldiradi, uni bilaguzuk bilan to‘ldiradi, mos keluvchi zirak, kamar, soch to‘g‘nog‘ichi va ko‘z uchun bo‘yoq tanlaydi. Tasavvur qilayapsizmi, qancha qiyinchiliklar bor, biz yana har kunlik mashaqqatli soch turmagi, poyabzal va tirnoq uchun bo‘yoqlarni tushirib qoldirdik.

Erkaklarda funksional soatlar bo‘lsa, qizlar siferblatli chiroyli bilaguzuklarni taqib yurishadi. Erkaklar yaxshi soatlari hafta kuni va sanani ko‘rsatib turadi (Invicta), allergiya chaqirmaydi (Emporio Armani), ular bilan cho‘milsa bo‘ladi (Roberto Cavalli), ularda hatto qorong‘uda ko‘rish imkoni mavjud lyuminessensiyali millari bo‘ladi (GF Ferre), ular jiddiy va puxta ko‘rinadi (chasы Burberry). Ayollarning soatlari ham xuddi shu brenddan bo‘ladi, lekin mini-gadjetdan ko‘ra ko‘proq o‘yinchoqqa o‘xshaydi. Bu adolatdan emas!

Erkaklar baland poshnada yurishmaydi va hatto tantanali marosimda ham qulay oyoq kiyim kiyishadi. Erkaklar poyabzali charm yoki zamjdan tikiladi va o‘zlarining tashqi uslublariga qulay tarzda bo‘lishni afzal ko‘rishadi. Misol uchun, G-Star Raw ning ko‘kimtir havorang zamshdan tikilgan poyabzallari ko‘k-havorang uyg‘unligidagi kiyimlarga, hatto jinsilarga ham mos tushadi. Puma by Hussein Chalayan tuflilari umuman charmli krossovkalar va odmi botinkalardek ko‘rinadi. Ayollar tuflilari boshqacharoq: agar odatdagi kunda o‘rtacha balandlikdagi poshnada sayr qilsa, qizni oyoqdagi mazollar azobga qo‘yadi. To‘y yoki bitiruv oqshomi kabi tantanali voqea umuman shifoxona bilan yakunlanishi mumkin.

Erkaklar osonlik bilan soyabon sotib olishadi. Shunchaki oson emas, oddi, ya’ni qora ranglar ichidan birini tanlaydi. Zest ning bashang qora soyabonlari har qanday erkakni Jeyms Bondga o‘zgartirib yuboradi. Doppler ning sipo qora soyabonlari zakovatli va aqlli inson qiyofasini beradi. Soyabon tanlashda ayol kishi nafaqat rangi, hajmi va tizimini, balki u yomg‘irda ko‘rsatishni istaydigan suratgacha e’tibor qaratadi. Mushuklar tabiat manzaralari, mevalar, filmlardan kadrlar – assortiment cheksiz, tanlov esa azobli!

Erkaklarda hamma narsa joylashadigan sig‘imdor bo‘ladi: yuqorida ko‘rsatilgan soyabon, planshet, tushlik, hujjatlar, Kola idishi va hatto maxfiy bo‘linmadagi “Xastler” yangi raqami bo‘ladi.

Marc O’Polo ning teridan ishlangan sumkalari bilan xizmat safariga otlanish mumkin, Braun Buffel sumkalariga noutbukni yashirsa bo‘ladi. Qizlarda esa unday emas: ular klatch (sumkaning bir turi)ga parvoz vositalari va yaltiroq jurnalni to‘ldirib solib, yarim soat uyda yopishga harakat qilishadi. Metroda esa uning og‘irligidan bazo‘r turishadi. Tag‘in jozibador tabassum bilan bajarishadi. Dahshat!

Erkak kishi yuk xalta (ryukzak) bilan ham yurishi mumkin va uni daydi, sayyohatchi, norasmiy odam deb qabul qilishmaydi. Aksincha, Kipling yoki Curanni ryukzagini ilib olgan erkakni zamonaviy va chiroyli deb hisoblashadi. Jamiyatda ryukzak ko‘tarib olgan ayolni agar maktab o‘quvchisi bo‘lmasa, marginalka deb qabul qilishadi. Ehtimol, endi hech ish chiqmasa kerak.

Erkaklar borsetka kiyishadi. Ko‘p hollarda borsetkalar g‘alati, lekin ular shunday qulayki, ayollar baribir ham havas qilishadi. Erkaklar oson bilan ozishadi. Ular kechki taomga ikkitani o‘rniga bitta kotletli burger yeyish va bir haftada 7 martani o‘rniga 4 marta pivo ichishdan boshladi. Bu parhez bir zumda o‘z natijasini beradi. Ayollar esa qiyinchilik bilan ozishadi, oylab o‘zligini tiyishadi va baribir ham oynaga qarab, qarab xafa bo‘lishadi.

Erkak jinsi – nafaqat kuchli, shu bilan birga baxtlidir!
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 1015 | Добавил: Admin | Теги: Erkak bo’lish zo’rligining 10 ta sa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar