20:26 Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi | |
Mehnat kodeksi 78-moddasining ikkinchi qismiga qo`shimcha va o`zgartish kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishini taqiqlovchi normani o`rnatish nazarda tutilmoqda. Bu haqda milliy axborot agentligi adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig`i Xudoyor Melievga tayangan holda xabar berdi. Bosh Qomusimizga ko`ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Amaldagi qonunchilikda shaxsning o`zini yoki yaqin qarindoshlarini muqaddam sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishi tartiblari aniq belgilanmagani, fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini to`liq amalga oshirilishiga to`sqinlik qilmoqda. Ushbu holat, amaliyotda shaxsni yaqin qarindoshlarining yoki o`zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etish holatlari kuzatilmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib tayyorlangan qonun loyihasi bilan Mehnat kodeksi 78-moddasining ikkinchi qismiga qo`shimcha va o`zgartish kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishini taqiqlovchi normani o`rnatish nazarda tutilmoqda. Ushbu loyihaning qabul qilinishi muqaddam sudlangan, jazoni to`liq o`tab kelgan shaxslarni ahloqan tuzatish, yangi jinoyat sodir etishining oldini olish, ishga joylashtirish va normal hayotga moslashtirish masalalarini hal etishga yo`naltiriladi. Qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o`qishda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga ko`rib chiqish uchun yuborilgan. Hozirda ushbu qonun Senatning yalpi majlisida ko`rib chiqish uchun tayyorlanmoqda. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |