11:21
“Dunyodagi eng semiz bola” 31 kilogrammga ozdi
Indoneziyaning G‘arbiy Yava viloyatida yashovchi 190 kilogramm tosh bosadigan bola bir oy davomida 31 kilogrammga ozdi. Daily Mail uni “dunyodagi eng semiz bola” deb atamoqda.

Oldinlari Arya Permana kuniga 5 marotaba ovqatlanar, uning ishtahasi esa ikki katta erkak ehtiyoji bilan tenglashgudek edi. Qiyinchilik bilan harakatlanadigan bolaning ota-onasi hayotidan xavfsirab, gastroplastikaga ruxsat berdi.

Permananing oshqozonini bir qismi olib tashlandi. Mazkur operatsiya semirishga qarshi kurashga qaratilgan.

Shifokorlar bola yil mobaynida yana 100 kilogramm vazn tashlashiga umid qilmoqda. Uni 5 soat operatsiya qilgan doktor Xandi Uingga ko‘ra, hammasi o‘z holicha qoldirilsa, Arya insultga chalinishi yoki unda yurak kasalligi rivojlanishi mumkin edi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1187 | Добавил: G‘anisher | Теги: “Dunyodagi eng semiz bola” 31 kilog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar