09:38 Dunyodagi eng qari odam yoshi ulug' odam bilan tanishing 145 yosh | |
Yer yuzidagi eng yoshi ulug‘ inson 145 yoshli Mbax Goto Yava orolida yashashi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi. Mbax Gotoning so‘zlariga ko‘ra, u 1870 yilning 31 dekabrida tavallud topgan, lekin buni tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari yo‘q. Manbaga ko‘ra, Mbox Goto 4 nafar ayolini va barcha farzandlarini so‘nggi manzilga kuzatgan, hozir esa nevaralari hamda evaralari bilan birga yashaydi. Mahalliy hukumat Gotoning «tug‘ilgan sanasi» satriga 31.12.1870, deb yozgan bo‘lsa-da, ilmiy jamiyat bu yangilikni ishonqiramay qabul qildi. Bugungi kunga kelib, rasman eng uzoq umr ko‘rgan rekordchi 122 yil va 5 oy yashagan fransiyalik Janna Kalman hisoblanadi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |