09:43
Dunyodagi eng havfli hayvonlar ro’yhati e`lon qilindi
BMT dunyoning eng havfli hayvonlari ro’yhatini taqdim etdi. Ularning aksariyati insonga halokatli kasalliklarni yuqtirishi mumkinligi bilan havflidir, deb yozadi “Kun” nashri.

BMT ro’yhatiga ko’ra, birinchi o’rinni chivinlar egalladi. Ularning dastidan bir yilda 750 000 nafar kishi hayotdan ko’z yumadi. Chivinlar shunisi bilan havfliki, ular odamga bedavo kasalliklarni yuqtiradi.

Ikkinchi o’rinda inson qayd etilgan. Bir yilda 437 000 kishi odamzotning aybi bilan halok bo’ladi.

Inson hayotiga tahdid soluvchi hayvonlar ro’yhatida uchinchi o’rin ilonlarga berildi. Bir yilda 100 000 kishi ilon hamlasi tufayli jon beradi.

Itlar to’rtinchi o’ringa loyiq ko’rildi. Ularning dastidan har yili 35 000 kishi halok bo’ladi.

Shunisi diqqatga sazovorki, eng havfli jonivorlar ro’yhatining beshinchi o’rnida kutilmaganda chuchuk suv chig’anog’i (shilliqurti) nomi qayd etildi. Uning aybi bilan har yili 20 000 kishi hayot bilan vidolashadi. Bu mavjudot shistosomoz kasalligini yuqtiradi va bu o’limga olib keladi.

Ulardan keyingi o’rinda triatom kloplari (Shagas kasalligi qo’zg’atuvchisi) va tsetse pashshalari (letargik entsefalitni qo’zg’atadi) nomlari keladi. Kloplardan yiliga 12 000 kishi vafot etadi, tsetse pashshalardan esa — 10 000. Askaridlar bir yilda 4 500 kishining hayotiga zomin bo’ladi, timsohlar — 1 000, tasmasimon chuvalchanglar esa — 700.

Dunyoning eng havfli hayvonlari ro’yhatidan, shuningdek suyagirli fillar, sherlar, bo’rilar va akulalar o’rin olgan.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 1125 | Добавил: Admin | Теги: Dunyodagi eng havfli hayvonlar ro’y | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar