02:19 Do'lmani qanday tayyorlaydi? yoxud do'lma tayyorlash sirlarini o'rganamiz | |
1. Do`lma uchun karam harid qilganingiz ma`qulroq. Karamning kichikroq va yumshoqrog`ini tanlang. 2. 10 daqiqa qaynagandan so`ng, o`rta olovda qaynayotgan karamni ehtiyotkorlik bilan bitta-bittadan karam bargini ajratib likopchaga olavering. Agar u yumshamagan bo`lsa yana suvda biroz tursin, ammo pishib ketmasin. 3. Yana bitta sir: karam bargi yumshoq bo`lishi uchun uni harid qilgandan so`ng xaltaga solib, muzlatgichning muzxonasiga qo`ying. Do`lma tayyorlashdan oldin uni xona haroratida eritganingizda barglari yumshab ketadi. 4. Karamni pishirishdan avval qiymasini tayyorlab qo`ysangiz, tuz va ziravorlar singib, qiymangiz shira tortadi. Do`lma qiymasiga go`sht, guruch, ko`katlar, sarimsoq piyoz, piyozlarni mayda qilib to`g`rab soling. Shunda taomingiz juda xushbo`y bo`lib pishadi. 5. Do`lmani to`g`ri o`rash uchun avval karam bargining ichki qismini o`girib oling, qattiq joyi bo`lsa, olib tashlang. O`rtacha karam bargidan 2 ta yoki 3 ta do`lma tugsa bo`ladi. Qiymani bargning bir chetiga solib, avval uning chetlarini yopib o`rang. Agar ochilib ketishidan qo`rqayotgan bo`lsangiz toza ip bilan mahkamlab qo`ying, yoki tish kovlagichdan foydalaning. 6. Do`lmalarni oldindan tayyorlab olingan qaylada 40 daqiqa davomida pishirib oling. Taom yanada mazali va xushta`m bo`lishi uchun qaylaga bir ikki qoshiq smetana va dafna bargidan solib yuboring. Shu qoidalarga rioya qilsangiz, do`lmalaringiz ham shirador, ham ochilib ketmaydigan bo`ladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |