10:08 Dermatologlar yuzni yoshartirishning eng arzon va xavfsiz usulini topishdi | |
AQShning Illinoys shtatidagi Shimoli-G`arbiy universiteti dermatologlari qimmat kosmetika vositalari va plastik jarrohlik usulisiz yuzni yoshartirish yo`lini topdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Tadqiqot ishlari "JAMA Dermatology" jurnalida chop etilgan. Universitet olimlari yuz uchun 20 haftaga mo`ljallangan maxsus mimika mashqlar dasturini ishlab chiqishdi. Dasturda 40 yoshdan 65 yoshgacha bo`lgan 16 nafar ayol qatnashib, yigirma hafta davomida kuniga yarim soatdan o`ttizdan ziyod mimika mashqlarini bajarib borishdi. Dastur nihoyasida ishtirokchilarning tajribadan oldin va keyin tushgan fotosuratlari taqqoslandi. Xulosaga ko`ra ayollarning yuzi kamida 10-15 yilga yoshargan. Shunday bo`lsa-da tadqiqotchilar yanada aniqroq xulosa olish uchun tajribani endi ko`p sonli ayollarda o`tkazish lozimligini ta`kidlamoqda. – Galdagi tajriba ham o`zini oqlasa, biz yuzni yoshartirishning eng arzon va xavfsiz usulini topgan bo`lamiz, – deydi, tadqiqot muallifi Murod Alam. – Maxsus mimika mashqlari yuz terisi ostidagi mushaklarning yiriklashuviga olib keladi. Natijada yuz to`lishib, teri taranglashadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |