11:53 Daraxtda “miltiq” ko`tarib o`tirgan mushukni qurolsizlantirish uchun polisiya chaqirildi | |
AQShning Oregon shtatidagi Nyuport shahrida daraxtda qo`liga qurol tutib olgan mushuk o`tirgani haqida polisiyaga xabar berildi, deb yozdi Vesti.ru nashri. Birozdan keyin voqeadan hayajonga tushgan guvoh hukumat vakillariga “xavfli mushukning” suratini yubordi. Keyinchalik xavotirga o`rin yo`qligi ma`lum bo`ldi. Haqiqatan ham shoxlar orasida o`tirgan mushuk pistirmada o`tirgan snayperni eslatgan. Agar diqqat bilan tikilsa, fotosurat muallifi optik illyuziya qurboni bo`lgan — mushukning qo`lidagi “qurol” oddiy daraxt shoxi ekanligi aniqlandi. Polisiyachilar arizachiga mushukka “og`zaki ogohlantirish” berilgani haqida ma`lum qildi. “Qurollangan mushuk” posti 1,3 layk va 1,5 ming repost to`pladi. Manba: Darakchi.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |