19:21 Chumolilar haqida ma'lumotlar | |
Kuznnng so’nggi kunlarida dunyoning ayrim mintaqalarida dengiz bo’ylarida qanotli chumolilar paydo bo’ladi. Bu ularning "juftlashish mavsumi” boshlanganidan dalolat beradi. Mavsum bir necha kun davom etadi va u nihoyasiga yetgach, hasharotlar o’z inlariga kirib ketadi. Bahorda esa dengiz sohillarida chumolilarning yangi avlodi paydo bo’ladi. Chumolilarni o’rganayotgan olimlarning qayd etishlaricha, ular ham xuddi odamlarga o’xshaydi. Masalan, chumolilarni bankaga qamab, yaxshi oziqlantirilsa ham, oradan ma'lum bir vaqt o’tgach, ular nobud bo’ladi. Sababi, ular oila a'zolarini qumsaydi, yolg’izlikka dosh bera olmaydi va o’zlarini keraksiz, deb his etadi. "Chumoli — ijtimoiy mavjudot, jamoadan tashqarida u hayot kechira olmaydi", - deydi rossiyalik entomolog Yuriy Raskevich. O’rmondagi chumoli ini — texnik jihatdan olib qaraganda, mukammal arxitektura inshootidir. Chumolilar ignabargli va aralash o’rmonlarni bekorga xush ko’rmaydi. Chunki ignabarglar mukammal qurilish materialo' bo’la oladi. Yelimlangan tom chirimaydi va hatto seryomg’ir kuz faslida ham nam tortib qolmaydi. Issiqni esa u juda yaxshi saqlaydi. Chumoli inining katta qismi yer ostiga joylashadi. Uning labirintlari -yer ostiga ikki metrgacha kirib boradi. Bu nafaqat havfsizlik vajidan, balki suv manbalariga ega bo’lish jihatidan ham katta ahamiyatga ega. Namlik suv manbai bo’lishidan tashqari, lichinkalarga sepib turish uchun ham zarur. Chumoli inlarida qishning ayozli kunlarida ham mikroiqlim saqlanib qoladi. Umumny maydoni 15 kv metrni tashkil etuvchi inda yuztagacha xona bo’ladi. Xonalarning ayrimlari ombor vazifasini o’taydi va ularda bug’doy, meva urug’lari va quritilgan hasharotlar saqlansa, boshqalarida shishgan buqoqlarida butun oila a'zolari uchun shirin suyuqdikni asraydigan chumolilar turadi. Issiq galereyalarda g’umbak va lichinkalar saqlanadi. Bir kunda 40 mingtagacha tuxum qo’yadngan ona chumoli alohida xonada yashaydi. Katta zallarda esa chumolilar to’planib, dam oladi. Chumoli inida qabriston, hojatxona va chiqindixona vazifasini o’tovchi xonalar ham bor. Chiqindixona vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi. Chumolilar o’z uylarini mog’or bosish va chirishdan juda ehtiyot qiladi. Indagi barcha xonalar butun yoz davomida shamollatib turiladi. In tubidan nam tortib qolgan barglar, chiriy boshlagan ninabarglar chiqarib tashlanadi. Barglar quyoshda quritiladi, yaroqsizlari esa yangisiga almashtiriladi. Namlikka qarshi chumolilarning xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi qismi kurashadi. Ular quyoshli kunlarda "pentxaus" darajasida maxsus joylarda toblanadi va sovib ulgurmasidan pastga tushadi. Bunday chumolilar "isitish moslamalari" vazifasini o’taydi. Bunday tirishqoqlik va g’amxurlik natijasida chumoli ini bir joyda uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Masalan. shveytsariyalik olim Avgust Forel yoshi 90 yildan ortiq bo’lgan chumoli iniga duch kelgani haqida yozgan. Barcha ishchi chumolilar — urg’ochi. Qo’riqlash, qurilish, uylarni ta'mirlash, razvedka, dushmanga qarshi kurashish, yegulik topish ham ularning zimmasida. Lekin hozirgacha chumolilarning muhim axborotni bir-biriga qanday yetkazishi va qanday muloqotda bo’lishi to’liq o’rganilmagan. Ba'zan ular bir - birlarini mo’ylovlari bilan paypaslaydi va yo’llarni hidlaydi. Chunki yo’ldagi ularning sheriklari tomonidan qoldirilgan ferromonlarda muhim ma'lumot bo’ladi. Chumolilar ultratovush vositasida ham bir-biri bilan muloqotda bo’lishi mumkin, deb hisoblanadi. Masalan, chumolilardan bittasi yong’inni ko’rib qoladigan bo’lsa, oradan bir necha soniya o’taboq, butun jamoa himoyaga otlanadi. Ular himoya chizig’ini tashkil etib, alangani o’chirish uchun kislote sepadi. Bir yilda bir marotaba, ma'lum kun va soatda indan minglab qanotln erkak va urg’ochi chumolilar uchib chiqadi. Juftlashish havoda ro’y beradi, qanot ham shuning uchun kerak. Shundan sung qanotlar tashlab yuboriladi. Urg’ochi chumolilar inga qaytadn va nasl paydo bo’lmaguncha hech narsa yemaydn va ichmaydi. Erkak chumolilar esa ochlikdan nobud bo’ladi. Chunki endn ularnnng keragi bo’lmaydi. Ma'lumot o’rnnda aytish joizki, juftlashuvchi chumolilar faqat nasl qoldirish uchun maxsus parvarish qilinadi. Chumolilarning barchasi ham tartib-qoidaga amal qilladi deb bo’lmaydi. Ularning ayrimlari o’zlarn uchun qullarni o’stirish maqsadida begona lichinkalarni o’g’irlaydi. Bunday chumolilar ichkilikka ham ro’ju qo’yadi. Ular o’z uylarida kichkina qo’ng’izlarni boqadi. Bunday qo’ng’izlardan ajraladngan suyuqlik chumolilarni shirakayf qiladi. Tabiiyki, bunday chumolilar majburnyatlarini, ishni va nasl qoldirishni unutadi. Agar ichkilikbozlik butun inni qamrab oladigan bo’lsa, chumoli oilasi nobud bo’ladi. Chumoli iniga qarab qish yaqin yoki yaqin emasligini aniqlash mumkin. Qor uchqunlayotgan bo’lsa-yu chumolilar ivirsib yurishda davom etsa, demak qor yerda uzoq qolib ketmaydi. Mabodo chumoli inida tepasida faqat qo’riqchilar qolgan bo’lsa, unda qish yaqin | |
|
Всего комментариев: 0 | |