15:50 Chiroyli avtoraqamlar O`zbekiston g`aznasiga qancha daromad keltirmoqda? | |
2018 yil 5 martdan 11 martigacha bo`lgan davr mobaynida birjaning onlayn auksionlari orqali 33 ta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bu haqda O`zbekiston tovar xomashyo birjasi maxsus axborot portali xabar qildi. Xabarda aytilishicha, chiroyli raqamlardan 28 tasi jismoniy shaxslarga, 5 tasi yuridik shaxslarga sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy miqdori 409 million so`mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 64% oliy toifadagi avtoraqamlarga, 21% bitimlar 2 toifa avtoraqamlar va 15% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo`yicha tuzilgan. Xaridorlar tarkibida etakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 33%ga etdi. Keyingi o`rinni Farg`ona viloyati — 18%, uchinchi o`rinda esa Andijon va Samarqand viloyati xaridorlari 15% ulush bilan egalladi. Qolgan viloyatlarning umumiy ulushlari 19%ni tashkil etdi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |