00:50
Buxoroda turkmanistonlik fuqaro jinoyat ustida qo`lga olindi
2019 yil 29 yanvar kuni Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Buxoro shahrida yashovchi Z. ismli fuqaroning arizasi yuzasidan o`tkazilgan tadbirda, M. ismli Turkmaniston Respublikasi fuqarosi fuqaro Z.ni aldab, ishonchini suiste`mol qilib, uning Turkmanistonda yashovchi xolasiga O`zbekiston Respublikasi vizasini olib berish evaziga 300 AQSh dollari talab qilib, Buxoro shahar Namozgoh ko`chasida joylashgan “Mirxan” kafesi oldida 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Jinoyat va Jazo | Просмотров: 593 | Добавил: Admin | Теги: Buxoroda turkmanistonlik fuqaro jin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar