01:17 Buxoroda fermerlarni shantaj qilib yurgan ayol qo`lga olindi | |
Buxorolik fermer va uning ishchisi Navoiy shahrida Muhayyo (ismi o`zgartirildi) bilan ”tanishishadi”. Keyin esa qayta “tanishishadi” va yana... Garchi tanishlari bezor bo`lsa ham ayol ularning fermer xo`jaligiga oyma-oy borib turar, eb-ichishi hamda kiyinishiga pul berib turmasa, «tanishuv»lar aks etgan videotasvirlarni internetga joylashtirib, oilasi va mahallasi oldida sharmandasini chiqarishini aytib qo`rqitardi. Shu yo`l bilan Muhayyo ijarada turgan uyini ta`mirlatib, fermerlardan televizor undirdi. Tabiiyki, oyma-oy to`lab borilgan ijara pullari buning ichiga kirmaydi. Navbatdagi safarlardan birida Muhayyo Sattor ismli qarindoshi bilan keladi. Kelishdan ko`zlangan maqsad uning ko`ngli avtomashinalik bo`lishni tusayotgani ekan. Sattor topgan Matiz’ning pulini to`lab berishsa, tinch qo`yishini aytadi. 27 million so`mlik dastlabki to`lovni amalga oshirgan fermerlar qolgan 20 million so`mni bir oy ichida to`lash shartiga rozi bo`ladi. —Buxoro tumanilik fermerlarning viloyat IIB boshlig`iga qilgan murojaati asosida Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o`tkazildi, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari O`ktam Usmonov. — Tadbirda yuqorida ismlari o`zgartirilgan holda keltirilgan fuqarolar Matiz uchun 47 million so`mlik to`lovning qolgan 20 million so`mini olayotgan paytlarida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. «Xalq so`zi» nashri xabariga ko`ra, ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan to`plangan hujjatlar yuzasidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |