01:00 Butun dunyoga zahri inson o`limiga olib keluvchi qizil chumoli tarqaldi | |
Zahri o`limga olib keluvchi qizil, olovrang chumoli Janubiy Amerikadan Yaponiyaga etib keldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Asl vatani Janubiy Amerika bo`lgan, zahri inson o`limiga sabab bo`luvchi qizil chumoli Yaponiyaning Nagoya shahar portidan topildi. Mutaxassislar chumolilarni portga olib kelingan konteynerlar ichidan topdi. Zaharli chumolilar o`sha erning o`zida yo`q qilindi. Ammo kema Yaponiyaga kelgunga qadar, boshqa bir qancha davlatlarning portiga ham to`xtagan. Entomologlar chumolilarning butun dunyo bo`ylab tarqalishidan xavfsiramoqda. 2017 yilning may oyida qizil chumolilar xuddi shu tarzda, konteyner ichidan Yaponiyaning Kobi portida ham topilgan edi. Qizil chumolilarning zahri juda kuchli bo`lib, allergiyadan aziyat chekuvchi insonlar uchun juda xavflidir. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |