15:38 Bulg`or qalampiri: shirini ham, achchig`i ham foydali | |
Qizil, sariq va yashil bulg`or qalampirlarning har birining o`z rangiga xos xislati bor. Qalampirning ayniqsa, achchiq qalampirning foydali xususiyatlari bilan tanishgan tibbiyot xodimlari, tabiblar undan har xil kasallarni davolashda, ayniqsa inson tanasini tetiklashtiruvchi dorivor sifatida foydalana boshladilar. Bulg`or qalampiri: — Ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi; — mikroblarni yo`qotadi; — tanadagi issiqlik quvvatini oshiradi; — kayfiyatni yaxshilash va asab tizimini me`yorida saqlash xususiyatiga ega. Me`yorni ham unutmang! Lekin, oshqozon-ichak, jigar va buyrak xastaliklari bor kishilar achchiq qalampirdan o`zlarini saqlaganlari ma`qul. Tibbiyot olimlarining aniqlashicha, shirin qalampirning tarkibidagi R vitamini qon tomirlari uchun eng zarur dorivor hisoblanadi. Uni qanday holatda, ya`ni salatlarga qo`shibmi yoki undan biror-bir tansiq ovqat tayyorlab iste`mol qilishdan qat`i nazar, inson tanasi uchun foydasi beqiyos. 50 gramm bulg`or qalampiri— S vitaminining sutkalik dozasini beradi Ayniqsa shirin qalampirni xomligicha iste`mol qilish juda foydali . Shirin qalampirni barcha sabzavotlar ichida tarkibidagi S vitamini ko`pligi uchun ham chempion desa bo`ladi. Agar atigi 50 gramm shirin qalampir iste`mol qilsangiz, tanangiz uchun zarur bo`lgan bir sutkalik vitamin S ni olasiz. 100 gramm shirin qalampirdan tanangiz uchun yana zarur bo`lgan 15 kalloriya quvvat ham olasiz. Qizil qalampirni shifokorlar holsizlanib qolganlarga quvvat beruvchi sifatida tavsiya etadilar. Sababi, tarkibidagi rux moddasining va S vitaminining miqdori boshqadagilardan ko`proq bo`lib, foydasi ham tanada tezda seziladi. Qizil qalampir kamqonlik xastaligida eng yaxshi dorivor hisoblanadi. Sariq rangli qalampirning ham foydasi beqiyosdir. Sariq qalampirda inson umrini uzaytirish xislatiga ega bo`lgan vitamin va moddalar boshqalardagidan ko`proq ekan. Yashil qalampir biroz taxir bo`lsada, inson bosh miyasi uchun foydali. Tarkibidagi shirinlik va ozroq achchiqligi inson organizmidagi charchoqni olishda, kayfiyatni yaxshilashda ijobiy ta`sir qiladi. Shirin qalampir Ichak og`riqlarida shirin qalampir va sabzi sharbati teng miqdorda aralashtirib, ichiladi. Bosh miya sklerozi, gipotoniyada har kuni qizil qalampir tanovvul qilish kerak. Ertalablari och qoringa bir-ikki dona shirin qalampir iste`mol qilishdan ko`zlar ravshan tortadi va chiroyli yaltillab turadi. Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, kompyuterda doimiy ravishda ishlovchilar har kuni bir necha dona shirin, ayniqsa yashil qalampirni eyishsa, ko`zlaridagi charchoq ketadi. Achchiq qalampir — Radikulitda. 2 dona qalampir 1,5 stakan nashatir spirt bilan aralashtiriladi va 2 haftaga qorong`u joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish lozim. Og`riyotgan joyga surtiladi. — Qarilikning oldini olish uchun 1 choy qoshiq achchiq qalampir 500 gr yog` va 200 gr asal aralashtiriladi va kuniga 4-5 marta 1 osh qoshiqdan ichiladi. Lozim bo`lsa, davolash kursini 3 oy o`tib qaytarish mumkin. — Bo`g`imlar og`riganda, radikulit, revmatizm va shamollashdan og`riq paydo bo`lganida achchiq qalampirdan quyidagicha surtma tayyorlab foydalanish mumkin: 30 gramm achchiq qalampirga 200 gramm 70 foizlik spirtdan solib ikki hafta salqin joyga qo`yib qo`yasiz. Ikki haftadan so`ng 1:3 tarkibda ya`ni tayyor sharbatning bir qismiga uch qism o`simlik moyidan qo`shib og`rigan joyingizga malham sifatida surtasiz. Sevara Nishonova tayyorladi Manba: Darakchi.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |