17:55
BU YIL TALABA BO`LIShNI ISTOVChI ABITURIENTLAR SONI REKORD DARAJANI TAShKIL QILDI
O`zbekiston oliy ta`lim muassasalariga rekord darajadagi abiturientlar hujjat topshirdi.

Oliy ta`lim vazirligidan prognoz qilinganiday bu raqam 720 mingdan oshdi va 729 ming 947 kishini tashkil qildi. Respublika bo`ylab tanlov o`rtacha bir o`ringa 10,96 kishini tashkil qiladi. Bu yilgi kvota ham oshirilgan. Agar o`tgan yili kvota 57 907 o`rinni tashkil qilgan bo`lsa, bu yil 66 316 kishini tashkil qildi, shundan – 18194 davlat grantlari, 48122 esa to`lov-shartnoma asosida. Oshirilgan stavka bo`yicha ham abiturientlarni qabul qilish ko`zda tutilgan.

O`tgan yili O`zbekiston oliy ta`lim dargohlariga 663,2 mingta abiturient hujjat topshirgan (2015 yilda 605,8 mingta). Shu tarzda bir o`rin uchun 11 nafar abiturient kurash olib borgan.

Kirish imtihonlari 1 avgust kuni bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Respublikasida 77 oliy ta`lim muassasasi mavjud bo`lib, shundan 70 davlat va 7 tasi xorijiydir.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 693 | Добавил: Admin | Теги: BU YIL TALABA BOLIShNI ISTOVChI ABI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar