09:25
Britaniyalik fermer 800 ta qo'yini sariq ranga bo'yab chiqdi
Buyuk Britaniyalik Pip Simpson qo`ylarini o`g`rilardan himoya qilish uchun ulardan 800 tasini sariq rangga bo`yab chiqdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

So`nggi to`rt yil ichida Simpsonning 300 ta qo`yi yo`qoldi. Jinoyatchilarga qarshi qo`llangan hech bir chora foyda bermadi. Shuning uchun fermer qo`ylari boshqalarnikidan ajralib turishi uchun shunday yo`l tutdi.

Uning aytishicha, xaridor sariq rangli qo`yni ko`rganida uni o`g`irlashganini tushunadi va sotib olishdan bosh tortadi.

Shunday qilib, sariq rangli qo`ylarni o`g`irlash befoyda bo`ladi.

Qo`ylarni bo`yash uchun ishlatilgan bo`yoqlar ularning hayotiga xavf solmaydi.

Polisiya qo`ylarning o`g`irlanishi fermerlar uchun yirik muammo ekanligini tan oldi. Bu o`g`irlikdan har bir fermer yiliga 4 million funt zarar ko`radi.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 743 | Добавил: Admin | Теги: Britaniyalik fermer 800 ta qo'yini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar