22:03 Bolasining suvga cho‘kib, halok bo‘lganiga bardosh bermagan ota o‘zini o‘ldirdi | |
Suv omborida cho‘milayotgan paytda 9 yoshli o‘g‘il bola suvga cho‘kib ketdi. Rossiyaning Perm o‘lkasida o‘g‘lining suvga cho‘kib ketib, halok bo‘lganini ko‘tara olmagan ota o‘z joniga qasd qildi. Kecha, 24 iyul kuni Yusvin tumanidagi qishloqlardan birida yashovchi odamlar farzandlari bilan Kamskoe suv omboriga cho‘milishga borishdi. Cho‘milish chog‘ida to‘qqiz yoshli o‘g‘il va olti yoshli qizaloq qirg‘oqdan uzoqlashib, o‘zlarining bo‘ylaridan baland chuqurlikdagi suv hududiga borib qolishgan. Bolalar suza olmay, cho‘ka boshlaganlarida shu yerdagi dam oluvchilar va bolalarning otasi ularni qutqarishga shoshildilar. Ular qizchani qutqarishga ulgurishdi. Biroq bolakay suv tubiga g‘arq bo‘ldi va oradan 5-10 daqiqa o‘tgach, uni suv ostidan olib chiqishdi. Birinchi tibbiy yordam ham bolaning hayotini saqlab qololmadi. Bo‘lib o‘tgan voqeadan bir soat o‘tgach, politsiya mahkamasiga xabar kelib tushdi. Unga ko‘ra, bola halok bo‘lgan joy yaqinida uning otasi o‘z joniga qasd qilgan. Erkakning yonidan ovchilar miltig‘i topilgan. Ruslan Sulaymonov | |
|
Всего комментариев: 0 | |