Bolaga pul berish kerakmi? Lozim bo`lsa, necha yoshdan va qanchadan? Kerak bo`lmasa, nimaga? Pul bolani buzadimi yoki pulsizlik? Bunday savollar har qanday ota-onani o`ylantirishi tabiiy. Quyida shu masalaga to`xtalamiz.

Hammasi oiladan boshlanadi!

Agar farzand tinch-totuv, risoladagidek oilada tarbiyalansa, oila a`zolari bir-birlariga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo`lsalar, bolaga pul berish, uning pulga munosabatini shakllantirish borasida turli tajribalar qilib ko`rsa bo`ladi. Ammo oilada muhit nosog`lom bo`lsa, pul bola uchun har qanday holatda ham (ya`ni bersangiz ham, bermasangiz ham) muammoga aylanadi. Demak, eng avvalo, oiladagi muhitni yaxshilang.

«Ha» mi yoki «Yo`q»

Bolaga pul berish kerakmi degan savolga “ha” deguvchilar ham, “yo`q” deguvchilar ham bisyor.

“Yo`q” deguvchilar dalillari:

Bola pulni to`g`ri sarflashni bilmaydi, ota-ona unga nima kerak bo`lsa o`zi olib berishi lozim;
Halitdan ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Админ | Дата: 12.05.2018 | Комментарии (0)


– Nabiramning yuzida qandaydir toshmalar paydo bo`ldi. Qo`shnim ko`rib, bu suvchechak, deya xavotirimni oshirdi. Bu kasallik haqida ma`lumot bersangizlar?

Sharofat Sobirova, Samarqand shahri.

– Suvchechak bilan asosan, maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanadi. U qisqa vaqtli harorat va umumiy ahvol biroz o`zgarishi bilan namoyon bo`ladi. Odatda, kasallik o`tkir isitmalash va suvchechak toshmasi toshishi bilan boshlanadi. Bola suvchechak bilan og`riganda unga ko`proq vitaminga boy taomlar hamda suyuqlik berish lozim.
Kasallik asoratlari bolaning injiq bo`lib qolishi, ko`z xiralashishi, asab tizimidagi o`zgarishlarda namoyon bo`ladi. Uning yashirin davri o`rtacha 11 kundan 23 kungacha davom etadi. Tana harorati 38-39 darajaga ko`tarilib, bemorning tanasiga, og`iz va ko`z qovoqlarining shilliq pardasiga suvli pufakchalar toshadi. Pufakchalar badanga tarqaladi. Pufakchalar yorilib, o`rnida yarachalar paydo bo`ladi.

Xonadonda bir bolaning suvche ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Админ | Дата: 09.04.2018 | Комментарии (0)


Ayolning qorin bo`shlig`ida joylashgan juft tuxumdonda ikki hayz orasida bir tuxumhujayra etiladi. Odatda bu to`rt haftada bir – yo o`ng, yo chap tuxumdonda sodir bo`ladi. Keyingi hayz maromida avval tuxumhujayra etiltirgan tuxumdon «dam oladi», navbatdagi tuxumhujayra ikkinchi tuxumdonda etiladi. Ana shu o`ziga xos «kelishuvchanlik» ayolning tug`ishga qodir bo`lgan davri mobaynida davom etadi.

Biroq vaqt-vaqti bilan tabiat er yuzida odamzodning kamayib ketayotganini his qilibmi, yoki qiz va o`g`il bolalar muvozanati buzilayotganini sezibmi, ayol organizmining bu faoliyatiga «aralashadi». Shunda tuxumdonlar odatdagidek navbatma-navbat emas, ikkalovi birdan bittadan tuxumhujayra yoki bir tuxumdon (ikkinchisi «dam olayotganda») ikki tuxum hujayra hosil qiladi. Biri – bitta, ikkinchisi esa qo`shaloq yoki undan ko`p tuxumhujayra hosil qilgan hollar ham uchraydi. Faqat bu kamdan-kam sodir bo`ladi.

Umuman, o`rta hisobda har 85 tug`uruqqa bir egizak, har 6-8 ming tug ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Админ | Дата: 25.02.2018 | Комментарии (0)


Yosh bolaning “namunali chiqishlari”dan hatto eng sabrli ota-onalar ham charchaydi. Bizning g‘oyalarimizdan foydalaning — mana ko‘rasiz, vaqt o‘tishi bilan bola sizning vazminligingizni ko‘rib, “tomosha” ko‘rsatishdan to‘xtaydi.

“Ko‘z yoshlarini chiniqtiramiz”

Bola yig‘layaptimi? Unga xalal bermang va to‘xtatishga urinmang, jarayonni qiyinlashtirib yuborasiz. Masalan, undan past ovozda yig‘lashni iltimos qiling (aks holda “qo‘shnilar yugurib keladi”, “mushuk qo‘rqadi”). Go‘dakni chalg‘itish uchun shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishingiz mumkin. Va bola vazifani bajarishga harakat qilguncha uning jazavasi ham tamom bo‘ladi.

“Kim bu?”

Uyda ham, ko‘chada ham bir xilda ijobiy samara beruvchi universal usul. Bola yig‘lashni endigina boshlamoqchi bo‘lganda mushuknikidek yoki qushlardek ovoz chiqaring va “Kim bu? Uni izlaymizmi?” deb ayting. Va ularni izlashga kirishing.

“Diqqatni narsalarga qaratish”

Bola yig‘layotganda, ma’ ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Админ | Дата: 09.02.2018 | Комментарии (0)


Ko‘p kasal bo‘ladigan bola har qanday onani juda og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Shifokor qabuliga tinimsiz qatnashlar, yaxshi shifokor izlash, tahlillar, dori-darmonlar, kasallik ta’tiliga chiqishlar va haftalar davomida to‘rt devor ichida qamalib qolish azoblari. Bolaning bunday tez-tez kasal bo‘lishiga sabab nima?

Ruhiy muammolar

Ular psixosomatik deb ataluvchi har xil kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Stresslar, og‘ir kechinmalar, hayajonli daqiqalar bolalar immunitetiga kuchli putur yetkazadi.

Nasldan naslga o‘tish

Agar ota-ona hayotining ko‘p qismini burnida ro‘molcha bilan o‘tkazgan bo‘lsa, bolaning tez-tez kasallikka chalina boshlashidan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Homiladorlik paytidagi muammolar

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ona qornida rivojlanishdagi muammolar, homiladorlik va tug‘ishning og‘ir kechishi, bo‘lg‘usi onadan o‘tkazilgan infeksiyalar ham yangi tug‘ilgan chaqaloq immunitetiga zarar yet ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 18.01.2018 | Комментарии (0)


Yo‘tal — organizmning tabiiy refleksi. Nafas yo‘llariga nimadir kirib qolsa, xalal berayotgan zarrachani kuchli havo oqimi yordamida itarib chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shuning uchun yo‘taldan qo‘rqish kerak emas: bu ko‘pchilik hollarda yuzaga kelgan muammoni organizmning o‘zi hal qilishining belgisidir.

Yo‘tal qachon tashvishlanish uchun sabab bo‘lmaydi?

Bolaning nafas yo‘llariga chang, o‘simliklar changi yoki ovqat uvoqlari tushib qolganda.

Bolaning tishlari chiqayotgan va so‘lagi tomog‘iga kirib qolganda.

Go‘dakning tomog‘iga ona suti tiqilib yo‘talib qolganda.

Yo‘tal qanday hollarda tashvishlantiruvchi alomat hisoblanadi?

Agar u kutilmaganda va hech qanday sababsiz paydo bo‘lsa (ko‘pincha bu bolaning nafas yo‘llariga biron-bir mayda narsa kirib qolganidan darak beradi).

Yo‘tal o‘tkir, xurujga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lsa.

Qo‘pol, xirillash va ko‘ngil aynish bilan kechad ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 18.01.2018 | Комментарии (0)


Yaxshi kitoblar, ongni oshiruvchi qimmatbaho o‘yinchoqlar sotib olish, bolani ommabop mashg‘ulotlarga olib borish — haqiqatan ham bularning hammasi kerakmi?

Tarbiyalashning moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydigan universal usullari ham bor.

Rivojlantiruvchi muhit

Bu yerda gap fantaziyani, tasavvur qilishni rivojlantiradigan narsalar haqida borayapti. Yorma va tarelkalar, qog‘oz, qalamlar, qum, suv – atrofda nima bilan o‘ynash, tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lsa, ularning hammasi bo‘lgani ma’qul. Asosiy qoida – xavfsizlik, tartibga keltirish masalasini esa o‘yinlardan keyin bemalol hal qilsa bo‘ladi.

Taktil aloqa

Qo‘lga ko‘proq olinadigan, ko‘p quchoqlab o‘piladigan go‘daklar tezroq o‘sadi va hatto o‘zini yaxshiroq his qiladi. Lekin kattaroq bolalarga ham taktil aloqa juda zarur. Qarshingizda besh yoshli bolami yoki qirqinchi razmer oyoq kiyimi kiyadigan o‘smir bo‘ladimi, bu muhim emas – farzandingizni quchoqlashni, uxlashda ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 15.01.2018 | Комментарии (0)


Har bir ota-ona o‘z farzandiga yaxshilik tilaydi. Lekin bitta yomon tomoni bor: bolani kelajakka tayyorlashni chin ko‘ngildan orzu qilgan holda biz uni tajribalarimiz asosida tarbiyalaymiz. Va bu tajribalarimiz o‘zimiz bilan birga qanchalik tez eskirayotganini o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Bolaga nimalarni o‘rgatish kerak?

1. Yodlab olmaslik

Yodda saqlash qobiliyati bo‘yicha odamlar allaqachon kompyuter va robotlardan yengilgan. 10 yil davomida maktab o‘quvchisining boshiga nazariy jihatdan joylashtirish mumkin bo‘lgan bilimlar hajmi 1 Gb dan oshmaydi.

Kompyuterlarga kelganda esa, alohida olingan elektron hisoblash moslamasining xotirasi shu yili 160 Tb ga yetdi.

Demak, agar siz ilgarigidek farzandingizning xotirasini keraksiz ma’lumotlar bilan to‘ldirish kerak deb hisoblasangiz, unda shuni unutmangki, sizning bolangiz hozirdanoq mashinalardan yutqazib bo‘ldi. U o‘zining hamma vaqtini va kuchini keraksiz ma’lumotlarni yodlashga ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 13.01.2018 | Комментарии (0)


Suv har bir odamning – kattalarning ham, bolalarning ham hayotida muhim rol o‘ynaydi.

Bolalar kattalardan ko‘ra ancha faolroq bo‘lgani uchun ularda modda almashinuvi jadalroq, shuning uchun ularning tabiiy ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji anchagina yuqoridir.

Biz sizga bolani muntazam ravishda suv ichishga o‘rgatish nima uchun bunchalik muhimligi haqida aytib bermoqchimiz.

Suv – faollik manbai
Bolalar kattalarga qaraganda ancha harakatchan bo‘lib, jismoniy mashqlar paytida ular ko‘p suyuqlik yo‘qotadi: shuning uchun bola o‘z vaqtida suv ichishini va suv balansini tiklashini nazorat qilib turish lozim.

Suv – diqqat-e’tiborni to‘plash va yaxshi baholar garovi
Olimlarning aniqlashicha, agar bola organizmida suv yetishmasa, uning aqliy va jismoniy ko‘rsatkichlari 20% ga tushib ketar ekan.

Birinchidan, miyaning 80% i suvdan tashkil topgan bo‘lib, suvning yetishmasligi unga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

I ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 28.11.2017 | Комментарии (0)


Bu hayotda hammamizning ham farzandimiz katta bo`ladi, ulg`ayadi, do`stlar orttiradi va ilk bor kimnidir sevib qoladi. Tabiiyki, vaqt o`tgani sayin bolaning o`ziga yarasha sirlari paydo bo`ladi, uning nazarida bu “maxfiy” ma`lumotlarni ota-ona aslo bilmasligi kerak. Aslida ham shunday bo`lishi lozimmi? Ko`pgina vaziyatlarda ota-ona farzandining biror narsani oxirigacha gapirmayotganini sezishi bilan uni bilishga oshiqib, uzoq vaqt bosh qotiradi. Shunday vaziyatga duch kelgan ota-onalar, keling, yaxshisi, bolalarimizning “kichkinagina” sirlari va ularga nisbatan qanday munosabatda bo`lish haqida “kattagina” suhbat quraylik...

Hammamizga hayotiy tajribadan ma`lumki, kichik yoshdagi bolalar sirlashishni juda yaxshi ko`rishadi. Ular uchun sir shunchaki “havo”dan ham paydo bo`lishi mumkin. Masalan, o`yinchoqni yostiq ostiga berkitish. Shuning o`zi uning uchun katta sir. Axir, u o`yinchog`ini yashirganini hech kim ko`rmadi-ku!

Ko`pincha, hatto eng ishonuvchan bolani ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 10.08.2017 | Комментарии (0)


Bolalarda gijjalar paydo bo‘lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo‘lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo‘ladi.

Shifokorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo‘ladi.

Gijjalar bola organizmiga qanday tushadi?

Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi.

Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar (go‘sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar) orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.

Bolalarda gijjalar paydo bo‘lgani alomatlari

ko‘ngil aynishi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 20.07.2017 | Комментарии (0)


Ko‘pchilik ota-onalarni qanday haroratdan boshlab albatta isitmani tushiruvchi vosita berilishi kerak degan savol qiziqtiradi. Lekin bu masalada har bir shifokor o‘z shaxsiy fikriga ega: kimdir 38, kimdir 38,5, ba’zilari esa 39 darajaga yetgandagina haroratni tushirish zarur deb hisoblaydi.

Lekin faqat harorat ko‘rsatkichiga asoslangan holda isitmani tushiruvchi vositalarni qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladimi?

Yo‘q, bu noto‘g‘ri. Gap shundaki, yuqori haroratni tushirmaslik tez tuzalishga olib kelishi yoki juda yuqori harorat organizmga katta zarar keltirishi to‘g‘risida hech qanday aniq ma’lumotlar yo‘q.

Tana haroratining 41,5–42 darajadan yuqori bo‘lishi haqiqatan ham tuzatib bo‘lmaydigan tarzda zarar keltirishi mumkin, lekin u yuqumli kasalliklar holatida hech qachon bunday darajagacha ko‘tarilmaydi.

Bunday harorat issiq urishi yoki bosh miyaning ba’zi o‘sma kasalliklarida paydo bo‘lishi mumkin.

Aynan shuning uchun isitma tushir ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 18.07.2017 | Комментарии (0)


– Qizim 9 yoshda. Televizor tomosha qilayotganida ko`p ahamiyat beraman, negadir ko`zlarini qisib oladi. Erkalik qilayaptimikan yo bolalarcha biror odatdir deya bir – ikki marotaba dakki berdim, ammo haliyam o`sha – o`sha. Ko`zlarni qisib televizor tomosha qilish keyinchalik ko`rish qobiliyatiga ta`sir qilmaydimi?

Surayyo Erkinova, Samarqand viloyati

– Savolingiz mazmunidan, qizingizda ko`z akkomodasion qobiliyati buzilgan. Sizga maslahatim, vaqtni o`tkazmay farzandingizni ko`z shifokoriga olib boring. Ko`rish qobiliyati xiralashgani tufayli qizingiz ko`zlarini qisib qarashga majbur bo`layapti va bu odat emas, balki kasallik begisidir. Tibbiy tekshiruvlar o`tkazilgach, ko`rish qobiliyatining qay darajada o`zgarganiga ko`ra, «minus» li ko`zoynak taqish buyurilishi mumkin.

“Qizim televizor ko`rayotganida ko`zini yumib oladi”

– Qizim 9 yoshda. Televizor tomosha qilayotganida ko`p ahamiyat beraman, negadir ko`zlarini qisib oladi. Erkalik ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 03.07.2017 | Комментарии (0)


Ob-havo yomon bo‘lganda va tashqarida uzoq vaqt qolishning hech iloji bo‘lmay qolgan paytlari bola uchun eng yaxshi mashg‘ulot – bu uyda vaqtni birgalikda o‘tkazish.

Birgalikdagi vaqtlaringizni iloji boricha televizorsiz, kompyutersiz o‘tkazishga harakat qiling. Bolalar uchun uyda o‘ynaladigan turli xil o‘yinlar o‘ynash, shuningdek ijodkorlik va hunarmandlik bilan shug‘ullanish ham mumkin.

Kitoblar

Kitoblar – vaqt o‘tkazishning ajoyib vositasi hisoblanadi. Ular faqat o‘qish va rasmlarini tomosha qilish uchun kerak bo‘ladi deb o‘ylamang.

Uzoq vaqt o‘tirib qoldingizmi, harakat qilishni xohlaysizmi? Juda yaxshi!

Bolangizga sportning yangi turini taklif qiling – uning boshiga kitobni qo‘ying va u kitobni yerga tushirib yubormasdan xonalar bo‘ylab yursin.

Bu unchalik oson ish emas. Ehtiyotlik bilan qomatni tik tutib va boshni baland ko‘tarib harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Kitob bilan kim uzoq vaqt va uzoqroqqa y ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 23.06.2017 | Комментарии (0)


O`g`il bolani tarbiyalash osonmas, deyishadi bilganlar. Bundan qiz bola tarbiyalash oson ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Shunchaki, o`g`il bolalar tarbiyasining ayrim o`ziga xos jihatlari bor.

Demak, o`g`il o`stirayotgan onalar qo`yidagilarga e`tibor berishlari kerak.

1. Hislari haqida gapirishga o`rgating

Hammaga emas, faqat bir kishiga aytsin. Shu inson siz bo`ling. Shundagina u odamlarga ishonadi, o`z tuyg`ularini chuqurroq anglaydi va yurak xastaliklaridan uzoqroq yuradi.

2. Nimaiki yangi ish boshlamasin, qo`llab turing

O`g`il bolaning eng katta boyligi va yutug`i – o`ziga ishonch tuyg`usi. Hozircha u o`ziga ishonchni siz orqali oladi, qilayotgan ishlariga onasining nazari bilan baho beradi.

3.Mehnatga o`rgating

Hozir ularda g`ayrat ko`p, bekor o`tirgandan bekor ish qilsin. Mayli, uyda ish topilmasa qo`shnisiga qarashsin.

4. Birgalikda kitob o`qing

Bu ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 22.06.2017 | Комментарии (0)


Shifokor kelguncha bolaning burnidagi predmetni oddiy va xavfsiz usul yordamida olib tashlashga harakat qilish kerak.

Kichkina bolalar har doim burniga biror narsani solishni ko‘zlab turishadi. Agar sizning erkatoyingizda ham shunday yoqimsiz holat yuz berib qolsa, shifokorga yugurishdan oldin kichkintoyga mustaqil ravishda yordam berishga harakat qilib ko‘ring.

Ko‘p holatlarda muammoni sanoqli soniyalarda bartaraf qilishga imkon beruvchi mutlaqo xavfsiz usullar bor.

“Ona o‘pichi”

Bu usulning mazmuni shundaki, siz bolaning burniga puflashingizga to‘g‘ri keladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi.

1-qadam. Bo‘sh burun teshigini barmog‘ingiz bilan mahkam qising.

2-qadam. Chuqur nafas oling va lablaringizni sun’iy nafas oldirishdagi kabi bolaning og‘ziga qo‘ying.

3-qadam. Bolaning og‘zi ichiga kuch bilan nafas chiqaring.

Oxirgi qadamni yaxshisi ikki bosqichda bajarganingiz ma’qul. Boshida ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 21.06.2017 | Комментарии (0)


Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining natijasiga ko`ra, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan.

1. Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo`ladi. Shu davrda bolaga kitob o`qish miya rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

2. Uch yoshlik bolaning so`z boyligiga qarab u 3 sinfda "o`qish"dan necha baho olishini oldindan bilsa bo`ladi.

3. Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o`qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so`zni eshitgan bo`ladi.

4. Birinchi sinf kitoblarini o`qiy olmagan bola, keyinchalik 4 sinf kitoblarini ham o`qiy olmaydi.

5. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ko`p kitob o`qilgan bo`lsa, ular 1-sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o`rganadi, 20 gacha sanay oladi va o`z ismlarini yoza oladi.

6. Bolaning maktab yoshigacha bo`lgan davrida ota-onasi bilan kitob o`qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanl ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 20.06.2017 | Комментарии (0)


Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan bolalar — ota-onalar va pedagoglarning doimiy bosh og‘rig‘i hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda bolalarning yomon xulqini ota-onalarning bunga bo‘lgan munosabatlarining asl sababini ko‘rib chiqish yo‘li bilan yengishga muvaffaq bo‘linadi.

Tarbiyaning eng muhim qoidalari

Bolalar tarbiyasi mavzusi — benihoya keng, ko‘pqirrali, ko‘p qatlamli va oddiy odamlar tomonidan qabul qilinishi juda qiyin.

Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan bolalarning ota-onalariga muammolarini hal qilishda yordam beruvchi asosiy qoidalar zarur bo‘ladi. Bunday qoidalarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Bola o‘zini yaxshi tutgan paytlari har doim uni ko‘proq maqtang. Bu uning quvonch bilan har doim siz ma’qullaganingizdek o‘zini tutishga harakat qilishiga yordam beradi.
Agar bola injiqlik qilsa va o‘zini noto‘g‘ri tutsa — bolaning shaxsini muhokama qilmang! Uning aynan shu lahzadagi xulqini muhokama qiling. Shunday qilsangiz bola o‘zini hurmat qilis ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 16.06.2017 | Комментарии (0)


Go‘daklarning “oltin” uyqusi — har bir ota-onaning orzusi hisoblanadi. Bola ko‘p va qattiq uxlasa — u tez o‘sadi va rivojlanadi, kam kasal bo‘ladi. Kechalari yaxshi uxlashi uchun kunduzi bola bilan qanday shug‘ullanish kerak?

Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?

Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.

Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.

His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol mulo ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)


Bolaning birinchi poyabzali chiroyli va ko‘rkam bo‘lishi bilan birga sifatli va qulay ham bo‘lishi kerak.

Bolaga birinchi poyabzalni qachon olish kerak?

Ba’zi mutaxassislar fikricha, bola o‘zining birinchi qadamlarini tashlamasdan turib unga oyoq kiyim kiydirishning hech qanday zarurati yo‘q. Shuning uchun bolaga birinchi oyoq kiyimni u bir-ikki qadam tashlay boshlagandan keyin sotib olishingiz mumkin.

Birinchi poyabzal qanday bo‘lishi kerak?

Oyoq kiyimning shakli qanday bo‘lishiga o‘zingiz qaror qiling. Lekin sifatiga kelganda, poyabzallarning biroz (5-15 mm) poshnasi bo‘lishi kerak. Bu poshnalar bolaning orqa tomonga yiqilish ehtimoliga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak. Bolalar poyabzalining tovonni mahkam ushlab turadigan va bolani tasodifiy shikastlanish xavflaridan saqlaydigan qattiq dastagi bo‘lishi kerak. Poyabzal ichida olinadigan yumshoq patak bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lganda bu odatdagi patakni supinatorli maxsus patakka almashtir ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 13.06.2017 | Комментарии (0)

1 2 »