10:04 Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lanadimi? | |
— Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O`sha kunlari farzandim bog`chaga bormaydi. Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lashim shartmi? Adliya vazirligi: Ota-onalardan birining ishdan (o`qishdan) bo`sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko`ra bola bog`chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to`lanishi lozim bo`lgan to`lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to`lov summasiga kamaytiriladi. To`lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko`rsatilgan holda maktabgacha ta`lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart. Bunda bolaninng bir yilda ko`pi bilan 60 kundan ortiq bo`lmagan muddatgacha maktabgacha ta`lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi. Demak, maktabgacha ta`lim muassasasi oldindan yozma ogohlantirilgan bo`lsa, bola bog`chaga bormagan kunlar uchun pul to`lanmaydi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |