22:34
Biz juda ajoyibmizda (O'zimizdagi gaplar)
“Men hech kimga kerakmasman” deymiz, haqiqatda esa birgina insonga keraksiz bo‘lsak.

“O’zim uddalayman” deymiz, yordam so‘ragani tortinganimizda.

“Hech nima kerakmas” deymiz, xohlagan narsamizga erisha olmaganimizda.

“O’zim, shunchaki” deymiz, jiddiy gaplashish vaqti yetganida.

“Hechqisi yo‘q” deymiz, qalbimiz ozordan sirqirab turganda.

“Senga ishonaman!” deymiz, o‘yin bo‘lib qolishdan cho‘chisak.

“Hammasi joyida” deymiz, hammasi ostin-ustun bo‘lib ketganida.

“Hech gap yo‘q” deymiz, ichimizda dard to‘lib ketganida.

“Tinch qo‘y” deymiz, uni yo‘qotishdan qo‘rqib

“Hayot – go‘zal” deymiz, dunyo ko‘zga qorong‘u ko‘ringanda.

“Boshqa ko‘rishni istamayman” deymiz, hamisha birga bo‘lishni istaganda.

“Baxtliman”, deymizda ko‘z yoshimizni artish uchun dastro‘molni tayyorlab qo‘yamiz.

“Biz boshqa-boshqa odamlarmiz” deymiz, bir butunga aylanib bo‘lib.

“Men aybdorman” deymiz, xiyonatini bilganimizda.

“Seni unutganman” deymiz, suratlariga qarab o‘tirib.

“Boshqa yashashni istamayman” deymiz, bizni fikrimizdan qaytarishga urinishlarini istab.

“Yolg‘izlikni yaxshi ko‘raman” deymiz va anchadan beri jiringlamagan qo‘l telefonimizga xavotir bilan qarab qo‘yamiz…

Judayam qiziqmiz…
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 770 | Добавил: Admin | Теги: Biz juda ajoyibmizda (O'zimizdagi g | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar