21:18
BIR ELKAM IKKINChISIDAN BALANDROQ
— Yaqin paytlardan beri bukchayib yurayotganimni sezayapman. Onam ham bir elkam ikkinchisidan balandroq deyapti. Ayting, nima qilay?

S.O

Savolga shifokor-vertebrolog Sohib SAIDOV javob beradi:

— Umurtqadagi qiyshayish holati aksariyat o`smir qizlarda uchraydi. Sizdagi muammo qay darajadagiligini aniqlash uchun tibbiy ko`rikka kelishingizni maslahat beraman. Birinchi galda rentgen tekshiruvi o`tkazilib, umurtqa pog`onasidagi qiyishayish darajasi o`lchanadi. Agar bu holat 11-15 darajadan oshmasa, davo choralari orqali hal qilsa bo`ladi. Bunda mushaklar spazmi (taranglashishi)ga qarshi umurtqa pog`onasini cho`zish muolajasi, turnikda osilish, maxsus korset taqish, haftasiga uch marta 1-1,5 soatdan suzishga qatnash hamda fiziodavolash muolajalari buyuriladi. Barcha muolajalar shifokor nazorati va maslahatiga asosan olib borilishi shart.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 1107 | Добавил: Admin | Теги: BIR ELKAM IKKINChISIDAN BALANDROQ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar