22:04
Beloruslik rekordchi 28 tonnalik vertolyotni 20 metrga tortib bordi
Kirill Shimko T-34, BelAZ va minorali kranlarni joyidan siljitgan

Beloruslik Ginnes rekordchisi Kirill Shimko dunyodagi eng yirik vertolyotlardan biri – Mi-26ni 20 metr masofaga tortib bordi. U mazkur rekordni Minsk shahridagi Lipki aerodromida o‘tkazilgan aviatsion sport festivalida o‘rnatdi.

Mi-26 vertolyotining vazni 28.2 tonnani tashkil etadi. Sportchining aytishicha, bunday og‘irlikdagi vertolyotni tortish uchun mashq qilish talab etiladi.

“Shaxsan men uchun ruhiy jihatdan mashq qilish juda muhim. Chunki men bir necha marta jiddiy jarohat olganman”, deydi Kirill.

Shimkoning so‘zlariga ko‘ra, bu safar u uchun jarohat olmaslik juda muhim bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Kirill Shimko turli xil og‘ir texnikalarni o‘rnidan siljitishi bilan tilga tushgan. U T-34, BelAZ va minorali kranni o‘z hukmiga bo‘ysundirgan.

Rekordchi 1978 yilda tug‘ilgan. Uning bo‘yi 188 santimetr, vazni esa 130 kilogramni tashkil etadi.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 730 | Добавил: Admin | Теги: Beloruslik rekordchi 28 tonnalik ve | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar