21:52
“Bek Baraka” bozori yaqinida avtobus yonib ketdi
12 iyun kuni soat chamasi 12:30 da Toshkentdagi «Bek Baraka» bozori yaqinidagi ko`prik ostida avtobus yonib ketdi.

Avtobus “Sergeli qurg`oni”—“Chilonzor buyum bozori” yo`nalishi bo`yicha qatnov amalga oshirgan. Hodisa suratlari Facebook'ning “Voditeli Tashkenta” guruhida paydo bo`ldi.

“Toshshahartransxizmat”ning UZ24ga ma`lum qilishicha, yong`in oqibatida jabrlanganlar yo`q. Yong`in zudlik bilan bartaraf qilingan.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 802 | Добавил: Admin | Теги: “Bek Baraka” bozori yaqinida avtobu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar