22:26 Baxtiyorlikning 6 siri | |
Baxt – hayotga bo`lgan munosabatimizda. Inson uning ongi yo`l qo`ygan darajada baxtli bo`la oladi. Shu sababdan, doimo o`zimizni yaxshi natijaga yo`naltirsak, ishlarimiz ham samarali bo`ladi. Xoh kichik, xoh katta bo`lsin, har qanday muammoning ham yaxshi tomonini ko`ra bilishni o`rganish lozim. Bu muammoning echimini topishga yordam beradi. Baxtning asl ildizi — shukr qila bilishda. Unutmangki, sizni baxtsiz qilayotgan bu tashqi olam emas, balki ichingizdagi hissiyotlar. Hissiyotlarni boshqarishni o`rgansangizgina baxtli bo`la olasiz! Harakat hissiyotlarga ta`sir qiladi. Jismoniy mashg`ulotlar jismda kimyoviy reaksiyalar sodir qiladi va natijada inson o`zini yaxshi his eta boshlaydi. Hissiyotlar qomatga ham ta`sir qiladi: dard elkalaringizni bukchaytirib qo`yishiga yo`l bermang. Siz dardni engishni o`rganing, u sizni mag`lub qilmasin. Baxtni yillar, oylar, haftalar va yoki kunlarda emas, har soniyada topish mumkin. Har bir soniyada baxtni his qiling, shunda u yillarga tatiydigan bo`la oladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |