22:15 Bangladeshda kuchli yomg`irlar oqibatida 30 dan ortiq inson halok bo`ldi | |
Bangladesh janubi-sharqida dushanba kuni kuchli yomg`irlar sabab 35 kishi halok bo`ldi, ko`plar ko`chki tufayli qurbon bo`lishgan, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy hukumat xabariga tayanib. Kuchli yomg`irdan mamlakatning Rangamati va Bandarban okruglari eng ko`p zarar ko`rdi. Jabr ko`rgan tumanlarda telefon aloqasi uzilgan, transport harakati tuxtagan. Bangladesh favqulodda vaziyatlar bo`yicha boshqarmasi vakili Reaz Ahmedning ma`lum qilishicha, qutqaruvchilar noqulay ob-havo sabab zarar ko`rgan, borish qiyin bo`lgan tumanlarga qarab yo`l olishgan. Ushbu davlatda musson davri iyun-sentyabr oylarida kuzatiladi. Shu bilan birga, kuchli yomg`irlar sabab ro`y beruvchi ko`chkilar minglab insonlarning hayotiga zomin bo`ladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |